Bugun Rossiya OTMlariga kvota uchun ariza topshirishning so‘nggi kuni - Rossotrudnichestvo

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishZdanie Moskovskogo gosudarstvennogo instituta mejdunarodnix otnosheniy Ministerstva inostrannix del Rossiyskoy Federatsii (MGIMO) v Moskve
Zdanie Moskovskogo gosudarstvennogo instituta mejdunarodnix otnosheniy Ministerstva inostrannix del Rossiyskoy Federatsii (MGIMO) v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Obuna bo‘lish
Rossotrudnichestvo Rossiya oliy o‘quv yurtlariga kvota asosida qabul qilish kampaniyasida ishtirok etish uchun ariza topshirishning so‘nggi muddatini eslatdi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Bugun, 2026/2027 o‘quv yilida Rossiya oliy o‘quv yurtlariga kvota asosida kirish uchun ariza topshirish kampaniyasining so‘nggi kuni. Bu haqda Rossotrudnichestvo matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kvota kampaniyasi ishtirokchisi bo‘lish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar quyidagi sayt orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza yuborish zarur:
education-in-russia.com
Ariza topshirish uchun:
saytda shaxsiy kabinet (hisob) yaratish;
tanlovning 1-bosqichi uchun zarur hujjatlarni yuklash;
“Talabnoma yuborish” tugmasini bosish kerak.
Ariza yuborilgandan so‘ng uning holati “Qoralama”dan “RZU tekshiruvida” maqomiga o‘zgarishi shart. Ariza yuborilmagan taqdirda, u yaroqsiz hisoblanadi va kvota kampaniyasida ishtirok etilmaydi.
Kvota kampaniyasida ishtirokchi hisoblanadigan arizalar holati:
“RZUda tekshiruvda”
“RZU tekshiruvidan o‘tdi”
“to‘ldirish uchun qaytarildi”
Ushbu maqomlar arizaning ko‘rib chiqilayotganini anglatadi.
Agar ariza “Qoralama” yoki “Talabnoma bekor qilindi” holatida bo‘lsa, u ko‘rib chiqilmaydi va tanlovga qo‘yilmaydi.
V Tashkente startovala Mejdunarodnaya obrazovatelnaya vistavka-yarmarka Rossiyskoe obrazovanie. Tashkent – 2025.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
Poytaxtda “Rossiya ta’limi. Toshkent – 2025” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi
Yangiliklar lentasi
0