Qozog‘iston dekabrda O‘zbekistonga 35 ming tonna neft yetkazib beradi

© Foto : KazTransOil "Kaztransoyl" v 2024 godu planiruyet osushestvit tranzit 550 tis. tonn nefti iz Rossii v Uzbekistan.
Kaztransoyl v 2024 godu planiruyet osushestvit tranzit 550 tis. tonn nefti iz Rossii v Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Obuna bo‘lish
“Kaztransoyl” ma’lumotiga ko‘ra, dekabr oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yo‘nalishlari bo‘yicha neft yetkazib berish 65 ming tonnagacha yetib, uning 55 ming tonnasi joriy oy hissasiga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Qozog‘iston dekabr oyida O‘zbekiston yo‘nalishida neft tranzitini qayta tiklab, 35 ming tonnagacha neft jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston magistral neft quvurlari operatori — “Kaztransoyl” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 2025-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi yo‘nalishida neft tranziti qayta yo‘lga qo‘yiladi. Joriy oyda mazkur yo‘nalish bo‘yicha 35 ming tonnagacha neft yetkazib berish rejalashtirilgan.

Shuningdek, operator 2017-yildan beri ilk bor Qirg‘izistonga neft yetkazib berish noyabr oyida qayta tiklanganini ma’lum qildi. Yil oxirigacha Qirg‘izistonga 30 ming tonnagacha neft jo‘natish rejalashtirilmoqda.
Tushuntirilishicha, neft barcha yo‘nalishlar bo‘yicha magistral neft quvurlari tizimi orqali “Kaztransoyl”ga qarashli “Shag‘ir” neft quyish punktigacha yetkaziladi. U yerda neft temir yo‘l sisternalariga quyiladi.
Kasim Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2025
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz tranziti hajmini oshiradi — Toqayev
Yangiliklar lentasi
0