“Tirik tarix” kinoforumi — nufuzli davlatlar kinoijodkorlari Toshkentda jamlandi

© RIA Novosti / Kirill KallinikovKinoforum
Kinoforum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi “Tirik tarix” xalqaro kinoforumida rivojlangan davlatlardan taniqli kinoijodkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. 14–17 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Tirik tarix” xalqaro kino forumi o‘tkaziladi, uni tashkil etishda Kinematografiya agentligi va Kinoarboblar uyushmasi ishtirok etmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum doirasida tarixiy filmlar namoyishi, xalqaro ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari va davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Tadbirda Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Fransiya, AQSh, Xitoy kabi qator mamlakatlardan taniqli kinorejissorlar, produserlar va kino sohasi mutaxassislari ishtirok etadi.
Ta’kidlanishicha, “Tirik tarix” — milliy tariximizni zamonaviy kino tilida dunyo jamoatchiligiga taqdim etishga xizmat qiluvchi muhim madaniy platforma hisoblanadi.
Toshkentda “Exo “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi qanday o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Toshkentda “Exo “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi qanday o‘tdi?
Yangiliklar lentasi
0