https://oz.sputniknews.uz/20251110/exo-evraziya-kinofest-kinoforum-53369908.html
Toshkentda “Exo “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi qanday o‘tdi?
Toshkentda “Exo “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi qanday o‘tdi?
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “Exo Yevrosiyo-Kinofest” xalqaro kinoforumi yakunlandi. Tadbir Yevrosiyo mamlakatlaridan kelgan rejissor, aktor va talabalarni birlashtirdi. Kinoforum doirasida filmlar namoyish etildi, seminarlar va suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
2025-11-10T20:00+0500
2025-11-10T20:00+0500
2025-11-10T20:00+0500
toshkent
o‘zbekiston
festival
kino
film
video
rejisser
madaniyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0a/53366418_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_d90a78fc877e3167ee9cd8923c64a0c0.png
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Toshkentda “Exo “Yevraziya-Kinofest” xalqaro kinoforumi yakunlandi. Mazkur kinoforum “Yevroosiyo” ANTning “Yevroosiyo-Kinofest” yirik festivalining davomi bo‘lib, Yevroosiyo turli mamlakatlaridan rejissor, aktor, pedagog, talaba va madaniy hamjamiyat vakillarini birlashtiradi.Kinoforumning tantanali ochilishida Rossiya va Belarus artistlari chiqish qildi. “Yevroosiyo-Kinofest” festivali prezidenti Janik Fayziyev so‘z olib, kinoforumning maqsad va vazifalari haqida gapirdi. “Yevroosiyo” ANTning Madaniyatlararo dasturlar va xalqaro loyihalar departamenti rahbari Vacheslav Matveychuk esa kinoforumning ta’lim yo‘nalishiga e’tibor qaratilganligini alohida ta’kidladi.Kinoforumning barcha tadbirlari VGIKning Toshkent filialida bo‘lib o‘tdi.Kinoforum doirasida II Xalqaro “Yevroosiyo-Kinofest” festivalining eng sara filmlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston filmlari namoyish etildi.Shuningdek, aktorlik mahorati va kinopedagogika bo‘yicha ta’lim mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlarni rossiyalik teatr va kino aktori, pedagog Grigoriy Adamenko hamda rejissor, produser, "Nol Plyus" onlayn kinoteatri asoschisi Nikolay Dann olib bordi.Shuningdek, Yevroosiyo yosh kinoijodkorlar uyushmasining forsayt-sessiyasi hamda “Yevroosiyo kinosi - zamonaviy kinematografiya nuqtayi nazaridan an’anaviy qadriyatlar" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.Kinoforum yana bir yorqin konsert va Zulfiqor Musoqovning “Umida. Fudziyama haqidagi tush” filmi taqdimoti bilan yakunlandi.Ilgari “Exo “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi Armaniston, Abxaziya, Belarus, Xitoy, Qirg‘iziston hamda Lugansk va Donesk xalq respublikalarida o‘tkazilgan edi.Toshkent kinoforumni qanday kutib olgani haqida Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20251107/exo-evraziya-kinofest-kinoforum-53301615.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0a/53366418_248:0:1688:1080_1920x0_80_0_0_763bce01f3412237e653c8448c627cf7.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, yevrosiyo-kinofest, yevrosiyo kinofestivali, xalqaro kinoforum, vgik toshkent filiali, sergey novojilov, janik fayziyev, vacheslav matveychuk, yevrosiyo yosh kinoijodkorlar uyushmasi, grigoriy adamenko, nikolay dann, zulfiqor musoqov, umida fudziyama haqidagi tush, yevrosiyo mamlakatlari, xalqaro kino, madaniyatlararo hamkorlik, o‘zbek kinosi, kino ta’limi, kinopedagogika, an’anaviy qadriyatlar, kinoijodkorlik
toshkent, yevrosiyo-kinofest, yevrosiyo kinofestivali, xalqaro kinoforum, vgik toshkent filiali, sergey novojilov, janik fayziyev, vacheslav matveychuk, yevrosiyo yosh kinoijodkorlar uyushmasi, grigoriy adamenko, nikolay dann, zulfiqor musoqov, umida fudziyama haqidagi tush, yevrosiyo mamlakatlari, xalqaro kino, madaniyatlararo hamkorlik, o‘zbek kinosi, kino ta’limi, kinopedagogika, an’anaviy qadriyatlar, kinoijodkorlik
Toshkentda “Exo “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi qanday o‘tdi?
Eksklyuziv
Dasturdan filmlar namoyishi, mahorat darslari, davra suhbati va forsayt- sessiyasi o‘rin oldi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Toshkentda “Exo “Yevraziya-Kinofest” xalqaro kinoforumi yakunlandi. Mazkur kinoforum “Yevroosiyo” ANTning “Yevroosiyo-Kinofest” yirik festivalining davomi bo‘lib, Yevroosiyo turli mamlakatlaridan rejissor, aktor, pedagog, talaba va madaniy hamjamiyat vakillarini birlashtiradi.
“Festival dasturi faqat festival bilan yakunlanib qolmasligi juda muhim. Biz filmlarimizni oddiy tomoshabinlar ham ko‘rishini xohlaymiz”, - dedi Yevroosiyo mamlakatlari xalqaro kinofestivali “Yevroosiyo-Kinofest”ning badiiy rahbari Sergey Novojilov.
Kinoforumning tantanali ochilishida Rossiya va Belarus artistlari chiqish qildi. “Yevroosiyo-Kinofest” festivali prezidenti Janik Fayziyev so‘z olib, kinoforumning maqsad va vazifalari haqida gapirdi.
“Yevroosiyo” ANTning Madaniyatlararo dasturlar va xalqaro loyihalar departamenti rahbari Vacheslav Matveychuk esa kinoforumning ta’lim yo‘nalishiga e’tibor qaratilganligini alohida ta’kidladi.
“Ehtimol, aynan shu asos orqali biz kinoijodkorlik nuqtayi nazaridan tarixiy haqiqatni saqlab qolishimiz, xalqlarimizni birlashtiruvchi va yaqinlashtiruvchi an’anaviy qadriyatlar hamda madaniyat asoslarini yetkazishimiz mumkin”, - dedi u.
Kinoforumning barcha tadbirlari VGIKning Toshkent filialida bo‘lib o‘tdi.
“Bu biz uchun juda muhim, chunki bu yerda kinoijodkorlarning yangi avlodlari tarbiya topmoqda. Ishonchim komilki, bu yoshlarning kelajagi porloq. Hozirning o‘zidayoq festivallarimizda namoyish etilayotgan ajoyib o‘zbek filmlari suratga olinmoqda”, - dedi Novojilov.
Kinoforum doirasida II Xalqaro “Yevroosiyo-Kinofest” festivalining eng sara filmlari, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston filmlari namoyish etildi.
Shuningdek, aktorlik mahorati va kinopedagogika bo‘yicha ta’lim mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlarni rossiyalik teatr va kino aktori, pedagog Grigoriy Adamenko hamda rejissor, produser, "Nol Plyus" onlayn kinoteatri asoschisi Nikolay Dann olib bordi.
Shuningdek, Yevroosiyo yosh kinoijodkorlar uyushmasining forsayt-sessiyasi hamda “Yevroosiyo kinosi - zamonaviy kinematografiya nuqtayi nazaridan an’anaviy qadriyatlar" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.
Kinoforum yana bir yorqin konsert va Zulfiqor Musoqovning “Umida. Fudziyama haqidagi tush” filmi taqdimoti bilan yakunlandi.
Ilgari “Exo “Yevraziya-Kinofest” kinoforumi Armaniston, Abxaziya, Belarus, Xitoy, Qirg‘iziston hamda Lugansk va Donesk xalq respublikalarida o‘tkazilgan edi.
Toshkent kinoforumni qanday kutib olgani haqida
Sputnik O‘zbekiston videosida tomosha qiling.