Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlariga start berilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOtkritie Sentra master-klassov po natsionalnim blyudam Uzbekistana
Otkritie Sentra master-klassov po natsionalnim blyudam Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2025
Obuna bo‘lish
Ozarboyjonda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari doirasida konsert dasturlari, fotoko‘rgazma va ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma madaniyat komissiyasining ilk yig‘ilishi tashkil etiladi
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. 13–20 dekabr kunlari Ozarbayjonning Boku va Fuzuliy shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tadbir doirasida o‘zbek san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” fotoko‘rgazmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.15 dekabr kuni ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston va Ozarbayjon Qo‘shma madaniyat komissiyasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni “Navro‘z” raqs ansambli va O‘zbekiston davlat simfonik orkestri ham konsert dasturlari bilan qatnashadi.
Yopilish marosimi esa O‘zbekiston tomonidan 2023-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan Fuzuliy shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi o‘rta maktabda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Boku O‘zbekiston madaniyati kunlariga mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2024-yilda Toshkentda Ozarbayjon madaniyati kunlari o‘tkazilgan edi.
Sostoyalas vstrecha ministrov oboroni Uzbekistana i Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
O‘zbekiston va Ozarbayjon terrorizmga qarshi kurashishda o‘zaro hamjihatlikni kuchaytiradi
Yangiliklar lentasi
0