https://oz.sputniknews.uz/20251212/toshkent-dorilar-elektron-retsept-54126863.html
Toshkent va qator tumanlarda dorilarni faqat elektron retsept asosida sotish boshlandi
Toshkent va qator tumanlarda dorilarni faqat elektron retsept asosida sotish boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Elektron retseptdagi dorilar O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Farmatsevt elektron retseptda ko‘rsatilgan dorilarni bemorga yoki uning qonuniy vakiliga berishi mumkin. Shuningdek, ular tizimga ma’lumotlarni (dori vositasining nomi, yaroqlilik muddati va seriyasi, partiya raqam) kiritishlari shart. Shifokorlar dorilarning harakatini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.
2025-12-12T14:28+0500
2025-12-12T14:28+0500
2025-12-12T14:28+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37278735_0:290:3071:2017_1920x0_80_0_0_faa4bd4d06a50c80476cf0aae7cf33e5.jpg
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. 2025-yil 12-dekabrdan boshlab Toshkent shahri va yana bir qator hududlarda dori sotish bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kirdi. Bu hududlarda dorilar elektron retsept asosida berilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati xabar berdi.Shu yil sentabrida qabul qilingan hukumat qarori bilan retsept bilan beriladigan dorilarni elektron retsept asosida tayinlash tartibi belgilangandi. Unga ko‘ra, 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman va shaharda “Elektron retsept” tizimi joriy etila boshlandi. Qolgan hududlarda esa 2026-yil yakunigacha ishga tushiriladi.Bunda dorixonalar “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”, “Elektron tibbiy karta” hamda “Elektron retsept” modullari bilan real vaqt rejimida ma’lumot almashuvini ta’minlashi shart.Shu bilan birga, barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari Raqamli sog‘liqni saqlash platformasiga ulanadi. Bu platforma joriy etilgungacha esa ular SSVning “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimiga integratsiya qilinishi kerak.Vazirlik hozirda Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi dorixonalar “Elektron retsept” tizimiga ulanib, uning asosida ishlay boshlaganini ma’lum qildi.Shuningdek, bu tizim Chimboy tumani, Asaka tumani, G‘ijduvon tumani, G‘allaorol tumani, Kitob tumani, Xatirchi tumani, Chortoq tumani, Samarqand shahri, Bulung‘ur tumani, Ishtixon tumani, Denov tumani, Sirdaryo tumani, Yangiyo‘l shahri, Quva tumani, Shovot tumanini qamrab oladi.Elektron retseptdagi dorilar O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Farmatsevt elektron retseptda ko‘rsatilgan dorilarni bemorga yoki uning qonuniy vakiliga berishi mumkin. Shuningdek, ular tizimga ma’lumotlarni (dori vositasining nomi, yaroqlilik muddati va seriyasi, partiya raqam) kiritishlari shart.Shifokorlar dorilarning harakatini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251110/tibbiyot-raqamlashtirish-yordam-dori-aylanma-53366750.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37278735_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_147719c8336904507acda2541aed9977.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dori elektron retsept toshkent dorixona
dori elektron retsept toshkent dorixona
Toshkent va qator tumanlarda dorilarni faqat elektron retsept asosida sotish boshlandi
Elektron retseptdagi dorilar O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. 2025-yil 12-dekabrdan boshlab Toshkent shahri va yana bir qator hududlarda dori sotish bo‘yicha yangi qoidalar
kuchga kirdi. Bu hududlarda dorilar elektron retsept asosida berilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati
xabar berdi.
Shu yil sentabrida qabul qilingan hukumat qarori bilan retsept bilan beriladigan dorilarni elektron retsept asosida tayinlash tartibi belgilangandi.
Unga ko‘ra, 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman va shaharda “Elektron retsept” tizimi joriy etila boshlandi. Qolgan hududlarda esa 2026-yil yakunigacha ishga tushiriladi.
Bunda dorixonalar “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”, “Elektron tibbiy karta” hamda “Elektron retsept” modullari bilan real vaqt rejimida ma’lumot almashuvini ta’minlashi shart.
Shu bilan birga, barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari Raqamli sog‘liqni saqlash platformasiga ulanadi. Bu platforma joriy etilgungacha esa ular SSVning “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimiga integratsiya qilinishi kerak.
Retsept bilan beriladigan dori vositalarini tayinlash va chakana sotishda zarur ma’lumotlar majburiy tarzda “Elektron retsept” moduliga uzatiladi.
Vazirlik hozirda Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi dorixonalar “Elektron retsept” tizimiga ulanib, uning asosida ishlay boshlaganini ma’lum qildi.
Shuningdek, bu tizim Chimboy tumani, Asaka tumani, G‘ijduvon tumani, G‘allaorol tumani, Kitob tumani, Xatirchi tumani, Chortoq tumani, Samarqand shahri, Bulung‘ur tumani, Ishtixon tumani, Denov tumani, Sirdaryo tumani, Yangiyo‘l shahri, Quva tumani, Shovot tumanini qamrab oladi.
Elektron retseptdagi dorilar O‘zbekistonda
ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Farmatsevt elektron retseptda ko‘rsatilgan dorilarni bemorga yoki uning qonuniy vakiliga berishi mumkin. Shuningdek, ular tizimga ma’lumotlarni (dori vositasining nomi, yaroqlilik muddati va seriyasi, partiya raqam) kiritishlari shart.
Shifokorlar dorilarning harakatini onlayn kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.