https://oz.sputniknews.uz/20251211/ozbekistond-daromad-deklaratsiyasi-54094293.html
O‘zbekistonda fuqarolar uchun daromad deklaratsiyasini topshirish bo‘yicha tajriba boshlanadi
O‘zbekistonda fuqarolar uchun daromad deklaratsiyasini topshirish bo‘yicha tajriba boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
2026 yil 1-martdan soliq xodimlari hamda Navoiy va Chirchiqda yashovchi jismoniy shaxslar uchun yillik daromad deklaratsiyasini topshirish sinov tarzida joriy etiladi. Bu O‘zbekiston prezidenti 10-dekabrda iimzolagan naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish to‘g‘risidagi farmonda belgilangan.
2025-12-11T15:31+0500
2025-12-11T15:31+0500
2025-12-11T15:31+0500
iqtisod
o‘zbekiston
deklaratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45272145_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_2346af6cda4e98bf37b730114577c26b.jpg
TOShKENT, 11 dek – Sputnik. 2026-yil 1-martdan soliq xodimlari hamda Navoiy va Chirchiqda yashovchi jismoniy shaxslar uchun yillik daromad deklaratsiyasini topshirish sinov tarzida joriy etiladi. Bu O‘zbekiston prezidenti 10-dekabrda iimzolagan naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish to‘g‘risidagi farmonda belgilangan.Bundan tashqari, maxsus elektron platforma orqali deklaratsiyani soddalashtirilgan tartibda topshirish tartibi belgilanadi. Yillik daromad va xarajatlarning raqamli ma’lumotlari asosida soliq bazasi aniqlashtiriladi.Agar ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, fuqarolar mobil ilova orqali qo‘shimcha ma’lumot kiritishi mumkin bo‘ladi.Farmonda ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida qo‘shimcha soliq hisob-kitoblari amalga oshirilmasligi belgilangan. Eksperiment ishtirokchilariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmaydi.Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Hisob palatasi va Raqamli texnologiyalar vazirliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga eksperimental tizimni joriy etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritadi.Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev jismoniy shaxslarning daromadlarini to‘liq kuzatib borish uchun yagona ma’lumotlar bazasi va IT tizimi yaratilayotganini ma’lum qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251210/tolovlar-naqdsiz-qonun-54066617.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45272145_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_0cb4889e06e5039d12aa48a1660fdd2f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ffuqarolar uchun daromad deklaratsiyasi o‘zbekiston tajriba
ffuqarolar uchun daromad deklaratsiyasi o‘zbekiston tajriba
O‘zbekistonda fuqarolar uchun daromad deklaratsiyasini topshirish bo‘yicha tajriba boshlanadi
1 martdan soliq xizmati xodimlari hamda Navoiy va Chirchiq aholisi sinov tariqasida jami yillik daromadlari bo‘yicha soliq deklaratsiyasi taqdim etadi.
TOShKENT, 11 dek – Sputnik. 2026 yil 1-martdan soliq xodimlari hamda Navoiy va Chirchiqda yashovchi jismoniy shaxslar uchun yillik daromad deklaratsiyasini topshirish sinov tarzida joriy etiladi. Bu O‘zbekiston prezidenti 10-dekabrda iimzolagan naqdsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish to‘g‘risidagi
farmonda belgilangan.
Tajriba davomida fuqarolarning xarajatlari vazirlik va idoralardan olinadigan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi. Shuningdek, soliq organlarining mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xaridlar bo‘yicha fiskal cheklar va elektron hisobvaraq-fakturalar ham hisobga olinadi.
Bundan tashqari, maxsus elektron platforma orqali deklaratsiyani soddalashtirilgan tartibda topshirish tartibi belgilanadi. Yillik daromad va xarajatlarning raqamli ma’lumotlari asosida soliq bazasi aniqlashtiriladi.
Agar ma’lumotlar yetarli bo‘lmasa, fuqarolar mobil ilova orqali qo‘shimcha ma’lumot kiritishi mumkin bo‘ladi.
Farmonda ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida qo‘shimcha soliq hisob-kitoblari amalga oshirilmasligi belgilangan. Eksperiment ishtirokchilariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmaydi.
Soliq qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Hisob palatasi va Raqamli texnologiyalar vazirliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga eksperimental tizimni joriy etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritadi.
Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev jismoniy shaxslarning daromadlarini to‘liq kuzatib borish uchun yagona ma’lumotlar bazasi va IT tizimi yaratilayotganini ma’lum qilgan edi.