https://oz.sputniknews.uz/20251210/tailand-va-kambodja-chegarasida-qurolli-mojaro-kuchaydi--asosiy-sabablar-va-tafsilotlar-54055216.html
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli mojaro kuchaydi — asosiy sabablar va tafsilotlar
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli mojaro kuchaydi — asosiy sabablar va tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Tailand va Kambodja chegarasida to‘qnashuvlar kuchaydi. Harbiy operatsiyalar, havo zarbalari va 180 mingdan ortiq aholining evakuatsiya qilinishi haqida.
2025-12-10T10:15+0500
2025-12-10T10:15+0500
2025-12-10T10:20+0500
chegara
dunyoda
dunyo yangiliklari
mojaro
qurolli kuchlar
tailand
kambodja
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/271/16/2711694_0:30:3526:2013_1920x0_80_0_0_2024718afc7af2f735f8f7c1627e2b4c.jpg
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Tailand Qirollik dengiz kuchlari Kambodja bilan keskinlashgan ziddiyat fonida “Trat Prap Porapak” (“Trat dushmanni bostiradi”) nomli operatsiyani boshladi. Chegarada o‘q almashishlar kuchaygani, ayrim hududlarda Tailand harbiy-havo kuchlari havo zarbalarini amalga oshirgani haqida xabar berilgan.Ziddiyat avj olishi ortidan, ayniqsa Sakeo provinsiyasida vaziyat murakkablashdi. Bu hududda 180 mingdan ortiq aholi xavfsiz joylarga ko‘chirildi, bu chegaraoldi tumanlar aholisining 83 foizi demakdir. Kambodjaning chegaradosh hududlarida ham minglab oilalar uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.Taraflar mojaro uchun bir-birini ayblamoqda. Tailand rasmiylariga ko‘ra, “Kambodja o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaguncha” operatsiyalar davom etadi. Kambodja esa Tailandni tinchlik kelishuvini buzishda ayblamoqda. Xalqaro maydonda ham vaziyat e’tibor markazida: seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ziddiyat yana avj olganini tan olib, uni barqarorlashtirish uchun harakat qilishini bildirdi.Tailand va Kambodjaning umumiy chegarasi 817 km, va ayrim uchastkalar 50-yildan ortiq vaqtdan beri bahsli hisoblanadi. Joriy yil may oyida ziddiyat Pxra Vixan ibodatxonasi atrofida kuchaygan. BMT Xalqaro sudi 1962-yilda ibodatxonani rasman Kambodja hududi deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, Tailand bu qarorni to‘liq qabul qilmagan. Shuning uchun ham bu hududda vaqt-vaqti bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251208/tailand-kambodja-toqnashuv-54014602.html
tailand
kambodja
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/271/16/2711694_402:0:3125:2042_1920x0_80_0_0_518126cae499c167c44e32361d405999.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tailand, kambodja, tailand kambodja mojarosi, chegara to‘qnashuvlari, pxra vixan mojarosi, tailand armiyasi, kambodja armiyasi, evakuatsiya tailand, havo zarbalari, tailand f-16, chegara ziddiyati, tramp tailand kambodja.
tailand, kambodja, tailand kambodja mojarosi, chegara to‘qnashuvlari, pxra vixan mojarosi, tailand armiyasi, kambodja armiyasi, evakuatsiya tailand, havo zarbalari, tailand f-16, chegara ziddiyati, tramp tailand kambodja.
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli mojaro kuchaydi — asosiy sabablar va tafsilotlar
10:15 10.12.2025 (yangilandi: 10:20 10.12.2025) 50 yildan ortiq davom etayotgan ushbu mojaroning asosiy sabablaridan biri — chegaraning to‘liq demarkatsiya qilinmagani, ya’ni chegaraning qayerdan o‘tishi bo‘yicha aniq kelishuv mavjud emasligi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Tailand Qirollik dengiz kuchlari Kambodja bilan keskinlashgan ziddiyat fonida “Trat Prap Porapak” (“Trat dushmanni bostiradi”) nomli operatsiyani boshladi. Chegarada o‘q almashishlar kuchaygani, ayrim hududlarda Tailand harbiy-havo kuchlari havo zarbalarini amalga oshirgani haqida
xabar berilgan.
Ziddiyat avj olishi ortidan, ayniqsa Sakeo provinsiyasida vaziyat murakkablashdi. Bu hududda 180 mingdan ortiq aholi xavfsiz joylarga ko‘chirildi, bu chegaraoldi tumanlar aholisining 83 foizi demakdir. Kambodjaning chegaradosh hududlarida ham minglab oilalar uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Vaziyat 8-dekabrda yana keskinlashdi: Kambodja Anupong harbiy bazasiga hujum qilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Hujum natijasida bir tailandlik askar halok bo‘lgan, ikki kishi yaralangan. Bu esa to‘qnashuvlar yanada kuchayishiga va harbiy harakatlar kengayishiga olib keldi.
Taraflar mojaro uchun bir-birini ayblamoqda. Tailand rasmiylariga ko‘ra, “Kambodja o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmaguncha” operatsiyalar davom etadi. Kambodja esa Tailandni tinchlik kelishuvini buzishda ayblamoqda. Xalqaro maydonda ham vaziyat e’tibor markazida: seshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ziddiyat yana avj olganini tan olib, uni barqarorlashtirish uchun harakat qilishini bildirdi.
Tailand va Kambodjaning umumiy chegarasi 817 km, va ayrim uchastkalar 50-yildan ortiq vaqtdan beri bahsli hisoblanadi. Joriy yil may oyida ziddiyat Pxra Vixan ibodatxonasi atrofida kuchaygan. BMT Xalqaro sudi 1962-yilda ibodatxonani rasman Kambodja hududi deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, Tailand bu qarorni to‘liq qabul qilmagan. Shuning uchun ham bu hududda vaqt-vaqti bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turadi.