Tailand va Kambodja chegarasida yana qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi – tafsilotlar

© AP Photo / Royal Thai ArmyRaneniy tayskiy soldat posle boyestolknoveniy na granitse Tailanda i Kambodji
Raneniy tayskiy soldat posle boyestolknoveniy na granitse Tailanda i Kambodji  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2025
Obuna bo‘lish
Tomonlar bir-birini sulhni buzganlikda aybladi va bir-birining harbiy obyektlariga zarba berishdi.
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Tailandning Kambodja bilan chegarasi bo‘ylab bir qator hududlarda to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda, deya xabar beradi “Khaosod” portali.
"Armiya (Tailand – tahr.) Tailand va Kambodja chegarasi bo‘ylab bir nechta hududlarda janglar haqida xabar bermoqda”, - deyiladi xabarda.
“Reuetrs” ma’lumotlariga ko‘ra, kamida bir nafar Tailand harbiysi halok bo‘lgan, yana yetti nafari yaralangan.
Kambodja hukumati, o‘z navbatida, tinch aholi orasida uch nafar jabrlanganlar haqida xabar berdi.
O‘tgan dam olish kunlari ikki mamlakatning chegara hududlarida jangovar harakatlarning kuchayishi boshlandi. Tomonlar bir-birini sulhni buzganlikda aybladi va bir-birining harbiy obyektlariga zarba berishdi.
Bangkok Kambodja harbiylari Anupong bazasiga hujum qilganini ma’lum qildi. Shuningdek, Pnompen VM-21 raketalarini Buriram provinsiyasidagi tinch aholi yashaydigan hududlarga uchirgani da’vo qilinmoqda. Bunga javoban Tailand armiyasi Chong An Ma hududidagi nishonlarni yo‘q qilish uchun F-16 qiruvchi samolyotlarini ko‘targan.
O‘z navbatida, Kambodja Senati raisi va mamlakatning sobiq prezidenti Xun Sen “jang qilish kerak bo‘lgan qizil chiziq allaqachon o‘rnatilgan” deb e’lon qildi. U barcha darajadagi qo‘mondonlarga buni askarlarga tushuntirishni buyurdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashishi
May oyida Tailand va Kambodja o‘rtasida chegara mojarosi boshlandi. Bu og‘ir qurol-yarog‘, artilleriya va aviatsiya yordamida jadal janglar bosqichiga o‘tdi.
Kambodja Tailand hududidagi fuqarolik obyektlari bo‘yicha "Grad" zalp o‘t ochish tizimlaridan foydalandi. Bangkok Kambodja qurolli kuchlari joylashgan joylarga havo hujumi uyushtirdi. Ikkala tomon ham qurbonlar va yaralanganlar bo‘ldi, jumladan, tinch aholi orasidan.
Iyul oxirida AQSh, Xitoy va Malayziya vositachiligida tomonlar sulhga erishdi. 26-oktabr kuni Kuala-Lumpurdagi ASEAN sammiti doirasida Tailand bosh vaziri Anutxin Chanvirakunva Kambodja hukumati rahbari Xun Manet mojaroni hal qilish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan edi.
Soldat s bezdomnim shenkom nedaleko ot severnoy granisi Kambodji s Tailandom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2025
Tailand va Kambodja mojarosi nima sababdan boshlandi?
Yangiliklar lentasi
0