Hosilni oshirish, imtiyozli kreditlar — paxta va g‘alla yetishtirishda yangi tartib belgilandi

© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
2026 yildan intensiv agrotexnologiyalar joriy etilib, paxta va g‘alla hosildorligini keskin oshirish hamda fermerlarga imtiyozli kreditlar berish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekistonda paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish maqsadida intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar quyidagicha:
1) Hosildorlikni oshirish
zamonaviy intensiv agrotexnologiyalar qo‘llanilishi hisobiga
– paxtachilikda hosildorlikni har gektardan 50 sentnerdan oshirish,
– g‘allachilikda esa 100 sentnerga yetkazish;
– paxtachilikda hosildorlikni har gektardan 50 sentnerdan oshirish,
– g‘allachilikda esa 100 sentnerga yetkazish;
ilm-fan yutuqlari va ustoz–shogird an’analariga asoslangan yangi tizim orqali paxtachilikda hosildorlikni yanada oshirish.
2026 yil hosilidan boshlab joriy etiladigan moliyaviy tartiblar
2) Imtiyozli kreditlar berish tartibi yangilanadi
Paxta xomashosini yetishtirish uchun fermerlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Bu kreditlar tuproqning 1 bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlikka 0,7 koeffitsiyent qo‘llangan holda hisoblanadi.
Bu kreditlar tuproqning 1 bonitet balliga nisbatan normativ hosildorlikka 0,7 koeffitsiyent qo‘llangan holda hisoblanadi.
Ya’ni, kredit miqdori tuproq unumdorligi va normativ hosildorlikka bog‘liq bo‘ladi.
3) Kredit ta’minotiga oid talablar
Agar fermerga tegishli hududning koeffitsiyenti 0,6 dan yuqori bo‘lsa, farq qismi uchun likvidli garov ta’minoti talab qilinadi.
Paxta yetishtirishdagi asosiy agrotexnik tadbirlar, shu jumladan:
– plonka xarid qilish,
– tomizg‘ichli shlanglar xarid qilish imtiyozli kredit hisobidan moliyalashtiriladi.
– plonka xarid qilish,
– tomizg‘ichli shlanglar xarid qilish imtiyozli kredit hisobidan moliyalashtiriladi.
4) Kredit ajratish muddatlari va qo‘shimcha rag‘batlar
Imtiyozli kreditlar tijorat banklari orqali har yili yanvar–avgust oylarida ajratiladi.
Fermer xo‘jaligi yil davomida kredit limitining 50 foizigacha miqdordan foydalangan bo‘lsa, unga sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya beriladi.
