Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi

© Sputnik / Mixail PalinchakPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2025
Obuna bo‘lish
Agentlik qo‘llab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etiladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, agentlik:
qo‘llab-quvvatlash choralarining yangi turlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rsatish uchun arizalarni topshirishdan boshlab, ularni ko‘rib chiqish, ma’qullash va to‘lov jarayonigacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq raqamlashtiradi.
2026 yil 1-yanvardan mazkur farmonda belgilangan qo‘llab-quvvatlash choralarini agentlik amalga oshiradi. Qo‘llab-quvvatlash choralari tadbirkorlarga alohida maxsus hisob raqamlar (23210) ochish orqali moliyalashtiriladi.
Quyidagilar mazkur farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
- agrar sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini raqamlashtirish orqali mehnat va vaqt resurslari sarfini 2 baravarga qisqartirish,
- oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkolarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralarini unifikatsiya qilish orqali ularning sonini 2028-yil yakunigacha 50 foizgacha qisqartirish.
Vesennie polevie raboti na polyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlari ijara huquqini garovga qo‘yib kredit olish mumkin
Yangiliklar lentasi
0