https://oz.sputniknews.uz/20251209/hokimlar-almashish-boshqaruv-ozgarishlar-54026818.html
Ayrim hududlarda hokim har besh yilda almashadi — davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar tafsiloti
Ayrim hududlarda hokim har besh yilda almashadi — davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar tafsiloti
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Farmoniga ko‘ra, 2026-yildan 33 tumanda natijaga asoslangan boshqaruv, maqsadli ko‘rsatkichlar, elektron baholash va kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
2025-12-09T10:10+0500
2025-12-09T10:10+0500
2025-12-09T10:37+0500
o‘zbekiston
jamiyat
hokimiyat
yangi qonun
islohotlar
yangi o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/09/54027788_0:0:845:475_1920x0_80_0_0_e590a4e3a019276a7a22470c7746db95.jpg
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Prezident tomonidan tegishli farmon imzolandi.Ma’lumot uchun, Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida tashkil etildi.Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan 33 ta tuman va shaharda tajriba tariqasida natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra:Agentlik:Farmonga muvofiq, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi darajalarga bo‘linadi:- konstitutsiyaviy va milliy daraja;- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;- hududiy daraja;- tuman (shahar) darajasi;- mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.2026 yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan 33 ta hududdagi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra:
https://oz.sputniknews.uz/20251103/hujjatlar-kontseptsiya-strategiya-dasturlar-53201094.html
o‘zbekiston
yangi o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/09/54027788_9:0:642:475_1920x0_80_0_0_bf69a34ea21678f542a2bca80cc8b0bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, davlat xizmati, boshqaruv samaradorligi, prezident farmoni, natijaga asoslangan boshqaruv, kadrlar rotatsiyasi, agentlik, samaradorlik.gov.uz, hrm.gov.uz, tumanlar, 2026-yil islohotlari, yangi o‘zbekiston.
o‘zbekiston, davlat xizmati, boshqaruv samaradorligi, prezident farmoni, natijaga asoslangan boshqaruv, kadrlar rotatsiyasi, agentlik, samaradorlik.gov.uz, hrm.gov.uz, tumanlar, 2026-yil islohotlari, yangi o‘zbekiston.
Ayrim hududlarda hokim har besh yilda almashadi — davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar tafsiloti
10:10 09.12.2025 (yangilandi: 10:37 09.12.2025) Prezident farmoniga muvofiq, 2026-yildan 33 tumanda natijaga asoslangan boshqaruv, elektron baholash va kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Prezident tomonidan tegishli farmon
imzolandi.
Ma’lumot uchun, Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida tashkil etildi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan 33 ta tuman va shaharda tajriba tariqasida natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi.
Davlat organlari faoliyati uchun maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar Agentlik tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqadi va uning joriy etilishini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;
maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilganlikni “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasi orqali baholaydi;
kadrlar salohiyatini oshirish va vazifalarni samarali bajarishga ko‘maklashadi;
davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda zamonaviy tanlov usullarini va zaruratga ko‘ra qo‘shimcha bosqichlarni joriy etadi.
Farmonga muvofiq, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi darajalarga bo‘linadi:
- konstitutsiyaviy va milliy daraja;
- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
- tuman (shahar) darajasi;
- mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.
2026 yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berilgan 33 ta hududdagi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tuman (shahar) bo‘linma rahbarlari, shuningdek, tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har 5-yilda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar yoki Toshkent shahri doirasidagi boshqa tumanga (shaharga) rotatsiya qilinadi;
rotatsiya qilinishi kerak bo‘lgan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” platformasi orqali aniqlanadi;
rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin ushbu hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv o‘quv kursidan o‘tadi;
rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn monitoring qilib boriladi.