https://oz.sputniknews.uz/20251103/hujjatlar-kontseptsiya-strategiya-dasturlar-53201094.html
Yangi tartib: strategik hujjatlar konsepsiya, strategiya va dasturlarga bo‘lindi
Yangi tartib: strategik hujjatlar konsepsiya, strategiya va dasturlarga bo‘lindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda strategik rejalashtirishning 3 bosqichli tizimi joriy etildi. Konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar belgilangan muddatlarda qabul qilinadi. Prezidentning tegishli Farmoni 1-noyabrdan kuchga kirdi.
2025-11-03T15:08+0500
2025-11-03T15:08+0500
2025-11-03T15:39+0500
o‘zbekiston
yangi qonun
hujjatlar
prezident
hokimiyat
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/06/44263350_0:213:2497:1618_1920x0_80_0_0_a022d9df84ba597d402218a442c7dbad.jpg
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekistonda strategik rejalashtirish tizimi yangilanib, hujjatlar miqyosi va huquqiy maqomiga ko‘ra uch toifaga ajratildi: konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Yangi tartib prezidentning “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlandi. Hujjat 2025-yil 1-noyabrdan kuchga kirgan.Yangilangan tizimga ko‘ra:Shuningdek, farmonga ko‘ra strategik rejalashtirish sohasida boshqaruv tizimi ham qayta tashkil etilmoqdaShuningdek, 1- va 2-darajali hujjatlar loyihalarini maqsadga muvofiqligi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqib, ma’qullangan holda Prezidentga kiritadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251008/hokimiyat-shtat-maqbullashtirish-qonun-52533898.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/06/44263350_29:0:2470:1831_1920x0_80_0_0_9f8e289bb0c1397de01af8562f896419.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
strategik rejalashtirish, rivojlanish tizimi, prezident farmoni, konsepsiya, strategiya, dastur, yo‘l xaritasi, adliya vazirligi, davlat siyosati, strategik hujjatlar
strategik rejalashtirish, rivojlanish tizimi, prezident farmoni, konsepsiya, strategiya, dastur, yo‘l xaritasi, adliya vazirligi, davlat siyosati, strategik hujjatlar
Yangi tartib: strategik hujjatlar konsepsiya, strategiya va dasturlarga bo‘lindi
15:08 03.11.2025 (yangilandi: 15:39 03.11.2025) Strategik rejalashtirish sohadasigi boshqaruv tizimi ham qayta tashkil etilmoqda
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. O‘zbekistonda strategik rejalashtirish tizimi yangilanib, hujjatlar miqyosi va huquqiy maqomiga ko‘ra uch toifaga ajratildi: konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlar. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Yangi tartib prezidentning “Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlandi. Hujjat 2025-yil 1-noyabrdan kuchga kirgan.
Yangilangan tizimga ko‘ra:
1-darajali hujjatlar — konsepsiyalar, 7-yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, qonunlar bilan tasdiqlanadi;
2-darajali hujjatlar — strategiyalar, 4–7 yilgacha tayyorlanib, prezident hujjatlari bilan tasdiqlanadi;
3-darajali hujjatlar — dasturlar, 1–3 yilgacha bo‘lgan muddatga belgilanib, prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, farmonga ko‘ra strategik rejalashtirish sohasida boshqaruv tizimi ham qayta tashkil etilmoqda
Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash — endi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi;
Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi — endilikda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimiyat organlarining strategik rejalashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, 1- va 2-darajali hujjatlar loyihalarini maqsadga muvofiqligi nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqib, ma’qullangan holda Prezidentga kiritadi.