https://oz.sputniknews.uz/20250725/tailand-va-kambodja-mojarosi-urush-nima-sababdan-boshlandi-50853095.html
Tailand va Kambodja mojarosi nima sababdan boshlandi?
Tailand va Kambodja mojarosi nima sababdan boshlandi?
Sputnik O‘zbekiston
Mojaro tarixiTailand va Kambodjaning umumiy chegarasi 817 km ni tashkil qiladi. Turli sabablarga ko‘ra, chegaraning ayrim hududlari 50-yildan ortiq vaqt davomida bahsli bo‘lib qolmoqda.Aynan ushbu mojaro Pxra Vixan nomli Kxmerlar sivilizatsiya ibodatxona majmuasi tufayli boshlandi.
2025-07-25T17:45+0500
2025-07-25T17:45+0500
2025-07-25T18:28+0500
tailand
mojaro
chegara
urush
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1a/27515193_137:204:1600:1027_1920x0_80_0_0_be63caa754e6b7ca4c57a44aeffac861.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Kambodja va Tailand chegarasida qo‘shinlar to‘qnashuvlari 12 ta hududlarni qamrab oldi, har ikkala tomondan o‘nlab qurbonlar bor, jumladan, tinch aholi orasida ham, deb xabar qilmoqda "Reuters".Tailandning chegaraga yaqin joylashgan 4 viloyatidan 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan, 750 ta maktab yopilgan. Kambodja ham Oddar Meanchey provinsiyasida 260 ta maktabni yopgan. Har ikki davlat qo‘shni davlatdan o‘z elchilarini chaqirib oldi. Mojaro 2025-yilning 28-mayida boshlandi. O‘shanda Tailand chegarachilari Kambodja postini o‘qqa tutgan, bir askar qurbon bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Kambodja chegarada tankka qarshi minalar o‘rnatgan va uning portlashi oqibatida 3 nafar Tailand askari yaralangan.24 iyulda Kambodja Tailandni “Grad” yoppasiga o‘t ochish tizimidan o‘qqa tutgan. Bunga javoban Tailand F-16 qiruvchi samolyotlari bilan Kambodja hududidagi harbiy obyektlarga zarba berdi. 25-iyul kuni Tailand Malayziya o‘rtakashligida o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi, ammo oradan bir soat o‘tib o‘z fikridan qaytdi. Bu haqda Kambodja bosh vaziri Xun Manet Anvar Ibrohim bilan suhbatga asoslanib ma’lum qildi. Mojaro tarixiTailand va Kambodjaning umumiy chegarasi 817 km ni tashkil qiladi. Turli sabablarga ko‘ra, chegaraning ayrim hududlari 50-yildan ortiq vaqt davomida bahsli bo‘lib qolmoqda.Aynan ushbu mojaro Pxra Vixan nomli Kxmerlar sivilizatsiyasi ibodatxona majmuasi tufayli boshlandi. 1962-yildagi BMT qaroriga ko‘ra, u to‘liq Kambodjaga tegishli. Lekin Tailand ibodatxona va uning atrofidagi yer maydonini o‘ziniki deb hisoblaydi va xalqaro sud qarorini tan olmaydi. Shu sababli ham bu yerda vaqti vaqti bilan mojarolar bo‘lib turadi. Oldingi to‘qnashuvlar 2008 va 2011-yillarda sodir bo‘lgan.
tailand
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/1a/27515193_230:140:1600:1167_1920x0_80_0_0_4d02d251b4db96f61c2b7697b96ad15e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tailand kambodja mojaro urush ma’lumot tarix
tailand kambodja mojaro urush ma’lumot tarix
Tailand va Kambodja mojarosi nima sababdan boshlandi?
17:45 25.07.2025 (yangilandi: 18:28 25.07.2025) Tailand va Kambodja orasidagi chegara bahsi 50-yildan ortiq davom etmoqda.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Kambodja va Tailand chegarasida qo‘shinlar to‘qnashuvlari 12 ta hududlarni qamrab oldi, har ikkala tomondan o‘nlab qurbonlar bor, jumladan, tinch aholi orasida ham, deb xabar qilmoqda "Reuters".
Tailandning chegaraga yaqin joylashgan 4 viloyatidan 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan, 750 ta maktab yopilgan. Kambodja ham Oddar Meanchey provinsiyasida 260 ta maktabni yopgan.
Har ikki davlat qo‘shni davlatdan o‘z elchilarini chaqirib oldi.
Mojaro 2025 yilning 28-mayida boshlandi. O‘shanda Tailand chegarachilari Kambodja postini o‘qqa tutgan, bir askar qurbon bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Kambodja chegarada tankka qarshi minalar o‘rnatgan va uning portlashi oqibatida 3 nafar Tailand askari yaralangan.
24 iyulda Kambodja Tailandni “Grad” yoppasiga o‘t ochish tizimidan o‘qqa tutgan. Bunga javoban Tailand F-16 qiruvchi samolyotlari bilan Kambodja hududidagi harbiy obyektlarga zarba berdi.
25 iyul kuni Tailand Malayziya o‘rtakashligida o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi, ammo oradan bir soat o‘tib o‘z fikridan qaytdi. Bu haqda Kambodja bosh vaziri Xun Manet Anvar Ibrohim bilan suhbatga asoslanib ma’lum qildi.
Tailand va Kambodjaning umumiy chegarasi 817 km ni tashkil qiladi. Turli sabablarga ko‘ra, chegaraning ayrim hududlari 50-yildan ortiq vaqt davomida bahsli bo‘lib qolmoqda.
Aynan ushbu mojaro Pxra Vixan nomli Kxmerlar sivilizatsiyasi ibodatxona majmuasi tufayli boshlandi. 1962-yildagi BMT qaroriga ko‘ra, u to‘liq Kambodjaga tegishli. Lekin Tailand ibodatxona va uning atrofidagi yer maydonini o‘ziniki deb hisoblaydi va xalqaro sud qarorini tan olmaydi. Shu sababli ham bu yerda vaqti vaqti bilan mojarolar bo‘lib turadi. Oldingi to‘qnashuvlar 2008 va 2011-yillarda sodir bo‘lgan.