https://oz.sputniknews.uz/20251208/mirziyoev-konstitutsiya-afv-54012573.html
Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 615 nafar mahkumni afv etdi
Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 615 nafar mahkumni afv etdi
Sputnik O‘zbekiston
Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. Yana 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
2025-12-08T09:38+0500
2025-12-08T09:38+0500
2025-12-08T09:38+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
afv
konstitutsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1a/21533537_0:98:2000:1223_1920x0_80_0_0_47d333d9819fb8f32534bed3edb00acb.jpg
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasining qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Hujjat bilan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251207/prezident-konstitutsiya-kun-tabrik-54011197.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1a/21533537_114:0:1887:1330_1920x0_80_0_0_ec88abebe1a4947445ad0e743f915587.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev mahkum afv farmon konstitutsiya
shavkat mirziyoyev mahkum afv farmon konstitutsiya
Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 615 nafar mahkumni afv etdi
Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasining qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan "Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Hujjat bilan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. Yana 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.