https://oz.sputniknews.uz/20251207/prezident-konstitutsiya-kun-tabrik-54011197.html
Prezident Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi —parlament va jamiyatda o‘zgarishlar tilga olindi
Prezident Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi —parlament va jamiyatda o‘zgarishlar tilga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan xalqni tabriklab, parlament va mahalliy kengashlar faoliyati, inson qadri siyosatining natijalari, aholi daromadlari, ta’lim qamrovi, global reytinglardagi o‘sishni qayd etdi
2025-12-07T18:52+0500
2025-12-07T18:52+0500
2025-12-07T18:53+0500
tabrik
hokimlar
shavkat mirziyoyev
jamiyat
o‘zbekiston
yunesko
qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/15/51380097_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8b8ce8cb97965c76d60834e47f6f4cd0.jpg
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.O‘z tabrigida u Konstitutsiyaning mamlakat siyosiy-huquqiy hayotidagi o‘rni, odamlar farovonligi va islohotlar samarasini ta’minlashdagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.Davlat rahbari Konstitutsiyada mustahkamlangan xalq hokimiyatchiligi, vakillik demokratiyasi va qonun ustuvorligi tamoyillari negizida parlament, mahalliy Kengashlar va mahalla instituti faoliyati kengayayotganini qayd etdi. Joriy yilda parlament tomonidan sudlar faoliyati, inson huquqlari, yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga oid qonunlar qabul qilinganini ta’kidladi.Mirziyoyevning ta’kidlashicha, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ishlar amaliy natija bermoqda:Prezident iqtisodiy islohotlarning xalqaro darajada ham e’tirof etilayotganini qayd etdi:O‘zbekiston BRM indeksida 19 pog‘ona ko‘tarildi, Global innovatsiya indeksida Markaziy va Janubiy Osiyoda kuchli uchlikka kirdi, S&P, Fitch va Moody’s suveren kredit reytinglarini oshirdi. Shuningdek, YuNESKO Bosh konferensiyasining 40-yilda ilk bor Parijdan tashqarida — Samarqandda o‘tkazilgani muhim voqea sifatida tilga olindi.Prezident yoshlarda huquqiy madaniyatni oshirish, Konstitutsiya mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.Tabrik oxirida davlat rahbari barcha fuqarolarga tinchlik, farovonlik va bardavom omad tiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251108/shavkat-mirziyoev-sogliqni-saqlash-xodimlarini-tabrikladi-53324436.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/15/51380097_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_0c679da02a3b0a2dee9827afccc45f3e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, konstitutsiya kuni, tabrik, islohotlar, parlament, mahalliy kengashlar, inson qadri, kambag‘allikni qisqartirish, maktabgacha ta’lim, brm indeksi, reytinglar, samarqand, yunesko
shavkat mirziyoyev, konstitutsiya kuni, tabrik, islohotlar, parlament, mahalliy kengashlar, inson qadri, kambag‘allikni qisqartirish, maktabgacha ta’lim, brm indeksi, reytinglar, samarqand, yunesko
Prezident Konstitutsiya kuni bilan tabrikladi —parlament va jamiyatda o‘zgarishlar tilga olindi
18:52 07.12.2025 (yangilandi: 18:53 07.12.2025) Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan xalqni tabrikladi va islohotlar samarasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy natijalarni ta’kidladi
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘ladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
O‘z tabrigida u Konstitutsiyaning mamlakat siyosiy-huquqiy hayotidagi o‘rni, odamlar farovonligi va islohotlar samarasini ta’minlashdagi ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi.
Davlat rahbari Konstitutsiyada mustahkamlangan xalq hokimiyatchiligi, vakillik demokratiyasi va qonun ustuvorligi tamoyillari negizida parlament, mahalliy Kengashlar va mahalla instituti faoliyati kengayayotganini qayd etdi. Joriy yilda parlament tomonidan sudlar faoliyati, inson huquqlari, yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga oid qonunlar qabul qilinganini ta’kidladi.
Prezident Mahalliy Kengashlar tomonidan 25 mingdan ziyod masala ko‘rib chiqilgani, 14 mingga yaqin deputatlik so‘rovi yuborilganini qayd etar ekan, 2026-yil 1-yanvardan tuman va shaharlarda hokim va Kengash raislari vakolatlari ajratilishini bildirdi.
Mirziyoyevning ta’kidlashicha, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ishlar amaliy natija bermoqda:
aholi jon boshiga daromad 3 500 dollarga yetdi;
maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foiz, oliy ta’lim qamrovi 42 foizga yetdi;
o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshga o‘sdi;
1 milliondan ortiq fuqaro kambag‘allikdan chiqdi, kambag‘allik darajasi 6,6 foizga tushdi.
Prezident iqtisodiy islohotlarning xalqaro darajada ham e’tirof etilayotganini qayd etdi:
O‘zbekiston BRM indeksida 19 pog‘ona ko‘tarildi, Global innovatsiya indeksida Markaziy va Janubiy Osiyoda kuchli uchlikka kirdi, S&P, Fitch va Moody’s suveren kredit reytinglarini oshirdi. Shuningdek, YuNESKO Bosh konferensiyasining 40-yilda ilk bor Parijdan tashqarida — Samarqandda o‘tkazilgani muhim voqea sifatida tilga olindi.
Prezident yoshlarda huquqiy madaniyatni oshirish, Konstitutsiya mazmun-mohiyatini chuqur o‘rgatish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Tabrik oxirida davlat rahbari barcha fuqarolarga tinchlik, farovonlik va bardavom omad tiladi.