https://oz.sputniknews.uz/20251204/ayollar-biznes-kreditlar-kafolatlar-hamroh-53928505.html
Imtiyozli kreditlar, HAMROH dasturi: ayollar biznesiga 2 trln so‘m ajratiladi
Imtiyozli kreditlar, HAMROH dasturi: ayollar biznesiga 2 trln so‘m ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Farmoniga muvofiq, 6 ming ayolning tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trln so‘m ajratiladi. “HAMROH” va “NAMRON” dasturlari orqali o‘qitish, hamrohlik, imtiyozli kreditlar va kafolatlar joriy etiladi.
2025-12-04T10:03+0500
2025-12-04T10:03+0500
2025-12-04T14:26+0500
o‘zbekiston
yangi qonun
xotin-qizlar
tadbirkor
kredit
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0d/51216690_0:74:2294:1364_1920x0_80_0_0_3aef7d5073ae28db984e5e0035c13991.jpg
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 6 ming nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bu borada xotin-qizlarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi prezident farmoni qabul qilindi.Farmonga muvofiq, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (Markazlar) faoliyati kengaytiriladi. Shu bilan birga, 2026–2027 yillarda "HAMROH" xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi" MChJ 2,8 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka o‘qitadi hamda 2 ming nafar xotin-qizning biznesini yo‘lga qo‘yishda hamrohlik asosida ko‘maklashadi.Tuman va shaharlardagi Markazlar tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping va kasbga o‘qitish kabi faoliyatlar uchun ijaraga beriladi.Farmonda, shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan “NAMRON” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida qo‘shimcha moliyaviy instrumentlar joriy etilishi belgilangan. Jumladan:Kompaniya esa ushbu mablag‘larni tijorat banklariga kreditlarni moliyalashtirish uchun Markaziy bank stavkasiga 4 foiz punktgacha ustama bilan, 3-yillik imtiyozli davr asosida, 7-yildan oshmagan muddatga joylashtiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251030/markaziy-osiyo-kavkaz-qurgoqchilik-53087453.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0d/51216690_189:0:2106:1438_1920x0_80_0_0_7da0c6174585795f24289f83fbb2a364.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, xotin-qizlar tadbirkorligi, 2 trillion so‘m, hamroh kompaniyasi, namron dasturi, prezident farmoni, ayollar biznesi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar, biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi, tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, tijorat banklari, ayollar bandligi
o‘zbekiston, xotin-qizlar tadbirkorligi, 2 trillion so‘m, hamroh kompaniyasi, namron dasturi, prezident farmoni, ayollar biznesi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar, biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi, tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, tijorat banklari, ayollar bandligi
Imtiyozli kreditlar, HAMROH dasturi: ayollar biznesiga 2 trln so‘m ajratiladi
10:03 04.12.2025 (yangilandi: 14:26 04.12.2025) Ayollar tadbirkorligi uchun imtiyozli moliyalashtirish mexanizmlari kengaymoqda: o‘qitish, hamrohlik va kafolatlar bilan birga yirik kredit paketlari taqdim etiladi.
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 6 ming nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bu borada xotin-qizlarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi prezident farmoni
qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (Markazlar) faoliyati kengaytiriladi.
Shu bilan birga, 2026–2027 yillarda "HAMROH" xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi" MChJ 2,8 ming nafar xotin-qizni tadbirkorlikka o‘qitadi hamda 2 ming nafar xotin-qizning biznesini yo‘lga qo‘yishda hamrohlik asosida ko‘maklashadi.
Tuman va shaharlardagi Markazlar tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping va kasbga o‘qitish kabi faoliyatlar uchun ijaraga beriladi.
Farmonda, shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan “NAMRON” tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida qo‘shimcha moliyaviy instrumentlar joriy etilishi belgilangan. Jumladan:
ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yoki rahbari ayol bo‘lgan kichik va o‘rta biznes subyektlarining kamida 10 ta ish o‘rni yaratishni ko‘zda tutuvchi loyihalariga BHMning 25 ming baravarigacha, Markaziy bank stavkasiga 10 foiz punktgacha ustama bilan kredit ajratish;
tijorat banklari kreditlarining 70 foizigacha bo‘lgan qismiga “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ tomonidan kafolat berish.
Dastur doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga mablag‘larni Markaziy bankning asosiy stavkasida 3-yillik imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga ajratadi.
Kompaniya esa ushbu mablag‘larni tijorat banklariga kreditlarni moliyalashtirish uchun Markaziy bank stavkasiga 4 foiz punktgacha ustama bilan, 3-yillik imtiyozli davr asosida, 7-yildan oshmagan muddatga joylashtiradi.