Toshkentda tirbandlik kamayishi va ekologiya yaxshilanishi kutilmoqda - yangi tizim ma’qullandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s prezentatsiyey po sovershenstvovaniyu upravleniya transportom i predotvrasheniyu probok v Tashkente
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po sovershenstvovaniyu upravleniya transportom i predotvrasheniyu probok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda ITS joriy etilishi natijasida svetoforlar adaptiv boshqariladi va tirbandliklar kamayadi, shuningdek, havo ifloslanishi qisqarishi kutilmoqda.
TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda transport boshqaruvini takomillashtirish va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan takliflar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aholi va avtomobillar sonining tez o‘sishi, iqtisodiy jarayonlar va harakat intensivligi shahar yo‘llariga katta yuklama tushirmoqda. Dunyo amaliyotida eng samarali yechim sifatida intellektual transport tizimlari (ITS) qo‘llaniladi.
Taqdimotda Toshkentda yo‘l harakatini boshqarishning yagona markazini tashkil etish taklif qilindi. Markaz transport va piyoda oqimlarini tahlil qilish, modellashtirish, ITSni joriy etish va boshqarish, transport master-rejasini ishlab chiqish, elektr quvvatlash infratuzilmasini rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
Markaz intellektual transport tizimi operatori bo‘lib, kameralar, datchiklar va GPS vositalari orqali ma’lumotlarni to‘plab, sun’iy intellekt yordamida ularni tahlil qiladi.
Markaz:
tirbandliklarni bashorat qilish;
marshrutlarni optimallashtirish;
svetoforlarni adaptiv boshqarish;
YTHlarda favqulodda xizmatlarni tez jalb etish
imkonini beradi.
Tizim joriy etilgandan so‘ng transport harakatining o‘rtacha vaqti, favqulodda xizmatlarning yetib kelish vaqti qisqarishi, asosiy yo‘llarda tirbandliklar va YTHlar kamayishi kutilmoqda.
Prezident takliflarni ma’qullab, pilot loyihani joriy yilning o‘zida ishga tushirish va 2030-yilgacha uni barcha hududlar bilan integratsiya qilishni topshirdi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey o provodimoy rabote po vnedreniyu II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
SI yo‘l qoidabuzarligini avtomatik aniqlaydi: prezident takliflarni ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0