https://oz.sputniknews.uz/20251027/suniy-intellekt-investitsiya-tanlov-53005896.html
Prezident tanlovi, 1 mlrd $ investitsiya: O‘zbekiston sun’iy intellektni yanada rivojlantiradi
Prezident tanlovi, 1 mlrd $ investitsiya: O‘zbekiston sun’iy intellektni yanada rivojlantiradi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilga qadar 100 ta AI loyihasi amalga oshirilib, laboratoriyalar tashkil etiladi va 1 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb qilinadi.
2025-10-27T12:02+0500
2025-10-27T12:02+0500
2025-10-27T12:02+0500
yangi qonun
jamiyat
sun’iy intellekt
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/11/42074801_180:0:2000:1024_1920x0_80_0_0_fdace8ab3cfdaa9ef601be9128184ae6.jpg
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:2025 yil yakuniga qadar sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar, startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi “ai.gov.uz” milliy portali ishga tushiriladi. 2026-yil 1-yanvardan boshlab:Reyting natijasiga asosan 2026-yil 1-martdan boshlab yiliga ikki marotaba eng yaxshi sun’iy intellekt loyihalarini joriy etgan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Sun’iy intellekt bo‘yicha eng yaxshi loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251021/suniy-intellekt-52872361.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/11/42074801_635:0:2000:1024_1920x0_80_0_0_292c3025770d2ee18d761c6d0f515e7d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sun’iy intellekt, ai o‘zbekiston, prezident farmoni, raqamli transformatsiya, ai laboratoriyalar, xorijiy investitsiyalar, innovatsiya, startaplar, “ai.gov.uz”, texnologiya rivojlanishi, suniy intelekt, uzbekiston
sun’iy intellekt, ai o‘zbekiston, prezident farmoni, raqamli transformatsiya, ai laboratoriyalar, xorijiy investitsiyalar, innovatsiya, startaplar, “ai.gov.uz”, texnologiya rivojlanishi, suniy intelekt, uzbekiston
Prezident tanlovi, 1 mlrd $ investitsiya: O‘zbekiston sun’iy intellektni yanada rivojlantiradi
Yil yakuniga qadar “ai.gov.uz” milliy portali ishga tushiriladi. Unda sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Farmonning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:
2026 yil yakuniga qadar davlat boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha kamida 100 ta loyihani amalga oshirish;
2030 yil yakuniga qadar zamonaviy sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga 1 mlrd dollardan ortiq miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
2026 yil yakuniga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida 15 ta sun’iy intellekt laboratoriyalarini ishga tushirish.
2025 yil yakuniga qadar sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar, startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi “ai.gov.uz” milliy portali ishga tushiriladi.
2026 yil 1-yanvardan boshlab:
yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida Prezident sovrini uchun “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” (President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi;
davlat organlari va korxonalari hamda mahalliy hokimiyat organlarining raqamli transformatsiya holatini baholashda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish ko‘rsatkichlari inobatga olinadi.
Reyting natijasiga asosan 2026-yil 1-martdan boshlab yiliga ikki marotaba eng yaxshi sun’iy intellekt loyihalarini joriy etgan vazirlik va idoralar o‘rtasida “Sun’iy intellekt bo‘yicha eng yaxshi loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.