“O‘zenergoinspeksiya” va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” rahbarlari o‘zgardi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Obuna bo‘lish
Isaqulov Dadajon "O‘zenergoinspeksiya", Abdumalik Nazirov esa “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi bo‘ldi.
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Isaqulov Dadajon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ("O‘zenergoinspeksiya") boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
© Press-slujba MinenergoDadajon Isakulov
Dadajon Isakulov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Dadajon Isakulov
Bunga qadar u “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ“ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Isaqulov 1961-yil 20-iyulda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi mashina traktor parki chilangarligidan boshlagan. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan so‘ng mehnat faoliyatini ushbu tashkilotda muhandis sifatida davom ettirgan.
Energetika sohasida 1986-yildan beri mehnat faoliyati yuritayotgan Isaqulov elektr montyorlikdan "O‘zbekenergo" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
Jumladan, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i, "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati "O‘zelektrtarmoq" unitar korxonasi "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" direktori, so‘ngra "Markaziy magistral elektr tarmoqlari" direktori, "O‘zelektrtarmoq" unitar korxonasi bosh muhandisi, "O‘zbekenergo" AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, "O‘zbekenergo" AJning "Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" bosh direktori, "O‘zdavenergonazorat" inspeksiyasi boshlig‘i, "O‘zenergoinspeksiya" boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Abdumalik Nazirov esa “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
© Press-slujba MinenergoAbdumalik Nazirov
Abdumalik Nazirov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Abdumalik Nazirov
Bunga qadar u kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Nazirov 1984-yilda Toshkent viloyatining Piskent tumanida tug‘ilgan. U 2005-yilda Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi bo‘limi tahsil olgan, 2007-yilda esa magistr ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. U O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi.
U o‘z mehnat faoliyatini 2002-yilda “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Piskent tumani elektr ta’minoti korxonasida nazoratchi, elektromontor vazifalaridan boshlagan. Oliy ma’lumot sohibi bo‘lganidan so‘ng 2006-yildan Markaziy magistral elektr tarmoqlarida elektromontor, muhandis lavozimlarida ishlagan.
2009-2014 yillar oralig‘ida “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Energiya sotish xizmati guruh rahbari, 2014-2016 yillarda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi, 2016–2018 yillarda “O‘zbekenergo” DAK “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Moliya-iqtisod va energosotish masalalari bo‘yicha direktori, 2018–2019 yillarda “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining Energiya rejimi va yo‘qotishlar nazorati bo‘limi boshlig‘i, 2019-yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va strategik rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Elektr tarmoqlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat faoliyati yuritgan.
Sovetnik prezidenta Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2025
O‘zbekistonda yangi tayinlovlar: Soliq qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0