O‘zbekistonda yangi tayinlovlar: Soliq qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

© Press-slujba Foruma Umid Reunion 2.020Sovetnik prezidenta Uzbekistana Sherzod Kudbiyev
Sovetnik prezidenta Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2025
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga binoan qator davlat idoralarida rahbarlar almashdi: Soliq qo‘mitasiga Farrux Pulatov, Urbanizatsiya qo‘mitasiga esa Sherzod Kudbiyev tayinlandi
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning tegishli farmonlari bilan:
Sherzod Kudbiyev Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Soliq qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Farrux Pulatov Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasiga rais etib tayinlangan Sherzod Kudbiyev ikki yildan ortiq vaqt davomida Soliq qo‘mitasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Yangiliklar lentasi
0