https://oz.sputniknews.uz/20251121/intellektual-mulk-arxiv-ishi-53654688.html
Intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalari isloh qilinadi – tafsilotlar
Intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalari isloh qilinadi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
2025-11-21T15:21+0500
2025-11-21T15:21+0500
2025-11-21T16:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
intellektual mulk
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/15/53654405_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c379be947174f9bd6b46606649a1ba7c.jpg
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. Intellektual mulkdagi o‘zgarishlarMa’lum qilinishicha, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda Intellektual mulk sohasini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.Shuningdek, intellektual mulkdan foydalanish holati Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida inobatga olinadigan tartib joriy qilinadi.Barcha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida patentlash, ishlab chiqarishga kiritish hamda tijoratlashtirishga ko‘maklashish markazlarini ochish, dastlab Milliy universitetda, keyinchalik yana 4 ta oliygohda “Intellektual mulk obyektlari menejmenti” yo‘nalishini tashkil etish ko‘zda tutilgan.Ijodkorlar va mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida har yili 5 ta nominatsiya bo‘yicha “Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari” tanlovini o‘tkazish taklif qilindi. “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilib, 26-aprel – Butunjahon intellektual mulk kunida topshirib borilishi belgilandi.Milliy geografik ko‘rsatkichlar tizimini mustahkamlash muhimligi qayd etildi. Yetmishga yaqin geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish, Lissabon tizimiga a’zo bo‘lish orqali milliy mahsulotlar qiymatini va eksport salohiyatini oshirish muhimligi ta’kidlandi.Arxiv ishi raqamlashuviArxiv ishini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilinar ekan, bugungi kunda mamlakat arxivlarida 16 millionta hujjat to‘plami, shu jumladan, 1,3 millionta alohida qimmatli va noyob hujjatlar saqlanayotgani qayd etildi. Buxoro amiri qushbegisi mahkamasi va Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari YuNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan.2030 yilga qadar arxiv fondining raqamlashuv darajasini 60 foizga yetkazish, alohida qimmatli va noyob hujjatlarni to‘liq raqamlashtirish zarurligi qayd etildi.Buning uchun sohadagi axborot tizimlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimiga birlashtirish, hujjatlarni radiochastotali identifikatsiya (RFID) texnologiyasi orqali hisobga olish va onlayn kuzatish tizimini joriy etish, hujjatlarni tasniflash va tanish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish rejalashtirilgan. Tuman (shahar) arxivlarining vazifalari hududiy arxiv boshqarmalariga o‘tkaziladi.Yuridik ta’lim va fanToshkent davlat yuridik universitetida klinik va dual ta’limni joriy qilish rejalashtirilgan. Talabalarning amaliyot darslari ulushi 50 foizga yetkaziladi, fuqarolik, jinoyat va biznes huquqi yo‘nalishlarida yuridik klinikalar tashkil etiladi. Shu bilan birga, “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” zanjiri asosida fakultetlarning tashkiliy tuzilmasini yangilash va kafedralarni bosqichma-bosqich shu’balarga aylantirish, universitetning professorlar kengashini tashkil etish taklif etildi.Taqdimotda qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi.Bu ishlar doirasida ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan 800 taga yaqin meyoriy hujjatni bekor qilish, 77 ta hujjatni qayta ko‘rib chiqish, tadbirkorlar uchun 15 dan ziyod ortiqcha talablarni qisqartirish orqali biznes yuritish sharoitlarini yengillashtirish rejalashtirilgan. Qonunlar samaradorligini baholash orqali kollizion norma va huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etib boriladi.Prezident taqdim etilgan yangilanishlarni tizimli joriy etib, muhokama qilingan sohalarda samaradorlikni, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklarni yanada oshirish zarurligini ta’kidladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/15/53654405_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_cf80c3eec7d2d2956255327f67b0c527.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
patent guvohnoma o‘zbekiston arxiv ishi intellektual mulk
patent guvohnoma o‘zbekiston arxiv ishi intellektual mulk
Intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalari isloh qilinadi – tafsilotlar
15:21 21.11.2025 (yangilandi: 16:02 21.11.2025) Intellektual mulk sohasini rivojlantirish milliy strategiyasi ishlab chiqiladi, “Shajara” axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Intellektual mulkdagi o‘zgarishlar
Ma’lum qilinishicha, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda Intellektual mulk sohasini rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Rejaga ko‘ra, patent va guvohnomalarga o‘zgartirish kiritish jarayonlari soddalashtiriladi, 5 ta kompozit va 4 ta proaktiv xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, intellektual mulkdan foydalanish holati Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida inobatga olinadigan tartib joriy qilinadi.
Barcha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida patentlash, ishlab chiqarishga kiritish hamda tijoratlashtirishga ko‘maklashish markazlarini ochish, dastlab Milliy universitetda, keyinchalik yana 4 ta oliygohda “Intellektual mulk obyektlari menejmenti” yo‘nalishini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ijodkorlar va mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida har yili 5 ta nominatsiya bo‘yicha “Eng yaxshi intellektual mulk obyektlari” tanlovini o‘tkazish taklif qilindi. “Intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilib, 26-aprel – Butunjahon intellektual mulk kunida topshirib borilishi belgilandi.
Milliy geografik ko‘rsatkichlar tizimini mustahkamlash muhimligi qayd etildi. Yetmishga yaqin geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazish, Lissabon tizimiga a’zo bo‘lish orqali milliy mahsulotlar qiymatini va eksport salohiyatini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Arxiv ishini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilinar ekan, bugungi kunda mamlakat arxivlarida 16 millionta hujjat to‘plami, shu jumladan, 1,3 millionta alohida qimmatli va noyob hujjatlar saqlanayotgani qayd etildi. Buxoro amiri qushbegisi mahkamasi va Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari YuNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritilgan.
2030 yilga qadar arxiv fondining raqamlashuv darajasini 60 foizga yetkazish, alohida qimmatli va noyob hujjatlarni to‘liq raqamlashtirish zarurligi qayd etildi.
Buning uchun sohadagi axborot tizimlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimiga birlashtirish, hujjatlarni radiochastotali identifikatsiya (RFID) texnologiyasi orqali hisobga olish va onlayn kuzatish tizimini joriy etish, hujjatlarni tasniflash va tanish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish rejalashtirilgan. Tuman (shahar) arxivlarining vazifalari hududiy arxiv boshqarmalariga o‘tkaziladi.
“Shajara” axborot tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Yangi xizmat foydalanuvchilarga o‘z shajarasini yaratish, tug‘ilish, nikoh va o‘lim haqidagi ma’lumotlarni, genetik ma’lumotlar asosida uzoq qarindoshlarini izlash imkonini yaratadi.
Toshkent davlat yuridik universitetida klinik va dual ta’limni joriy qilish rejalashtirilgan. Talabalarning amaliyot darslari ulushi 50 foizga yetkaziladi, fuqarolik, jinoyat va biznes huquqi yo‘nalishlarida yuridik klinikalar tashkil etiladi.
Zamonaviy huquq talablaridan kelib chiqib, “Raqamli huquq” va “Korporativ huquq va boshqaruv” kabi yangi ta’lim yo‘nalishlari ochiladi.
Shu bilan birga, “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” zanjiri asosida fakultetlarning tashkiliy tuzilmasini yangilash va kafedralarni bosqichma-bosqich shu’balarga aylantirish, universitetning professorlar kengashini tashkil etish taklif etildi.
Taqdimotda qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bu ishlar doirasida ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan 800 taga yaqin meyoriy hujjatni bekor qilish, 77 ta hujjatni qayta ko‘rib chiqish, tadbirkorlar uchun 15 dan ziyod ortiqcha talablarni qisqartirish orqali biznes yuritish sharoitlarini yengillashtirish rejalashtirilgan. Qonunlar samaradorligini baholash orqali kollizion norma va huquqiy bo‘shliqlar bartaraf etib boriladi.
Prezident taqdim etilgan yangilanishlarni tizimli joriy etib, muhokama qilingan sohalarda samaradorlikni, aholi va tadbirkorlar uchun qulayliklarni yanada oshirish zarurligini ta’kidladi.