Aliment to‘lovchilar sug‘urta bilan vaqtinchalik chet elga chiqishi mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPassajiri u informatsionnogo tablo v aeroportu "Domodedovo".
Passajiri u informatsionnogo tablo v aeroportu Domodedovo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2025
Obuna bo‘lish
Sug‘urta polisiga ega aliment to‘lovchilar iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet elga chiqish cheklovini vaqtincha to‘xtatib turadi
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. O‘zbekistonda aliment to‘lovchilarga sug‘urta polisi orqali chet elga chiqish cheklovini vaqtincha to‘xtatish imkoni berilmoqda. Adliya vazirligi tegishli nizomga kiritilgan qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aliment qarzi mavjud bo‘lgan shaxs sug‘urta polisini ilova qilib iltimosnoma bilan murojaat etsa, davlat ijrochisi uning chet davlatga chiqishiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovni to‘xtatib turadi.
Bunday sug‘urta xizmatlarini tegishli litsenziyaga ega sug‘urtalovchilar amalga oshiradi.
Sug‘urta polisi haqidagi ma’lumot Majburiy ijro burosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimi orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Mujchina s chemodanom puteshestvuyet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2025
O‘zbekistonda ayrim shaxslarning chet elga chiqishiga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0