O‘zbekistonda ayrim shaxslarning chet elga chiqishiga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

© Depositphotos / olly18Mujchina s chemodanom puteshestvuyet
Mujchina s chemodanom puteshestvuyet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2025
Obuna bo‘lish
Qamoqqa olinmagan, ammo suddan qochishi mumkin bo‘lgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarning mamlakatdan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tartibi joriy etilmoqda.
TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Ayrim shaxslarga nisbatan O‘zbekistondan chiqish huquqini cheklash choralari kuchaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qonun bilan sud tomonidan ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartibni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanmagan, biroq O‘zbekistondan chiqib ketib, suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi uchun asoslar mavjud bo‘lganda qo‘llanadi.
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sudya iltimosnomani ko‘rib chiqib, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.
Konvoir u kletki dlya obvinyayemix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2025
Endi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlashi mumkin
Yangiliklar lentasi
0