https://oz.sputniknews.uz/20251125/uzbekistan-wto-russia-muzokara-53724260.html
O‘zbekistonning JST bo‘yicha navbatdagi qadami: Rossiya bilan muzokaralar yakunlanmoqda
O‘zbekistonning JST bo‘yicha navbatdagi qadami: Rossiya bilan muzokaralar yakunlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiya bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni dekabrda yakunlashni rejalashtirmoqda. Azizbek O‘runovga ko‘ra, asosiy bandlar kelishilgan, faqat texnik masalalar qolgan.
2025-11-25T14:37+0500
2025-11-25T14:37+0500
2025-11-25T14:37+0500
jahon savdo tashkiloti (jst)
savdo
eksport
iqtisod
uchrashuv
muzokaralar
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/19/53723313_0:75:800:525_1920x0_80_0_0_2eb238e49f4366ba3a86c985174a04c0.jpg
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Moskvada Rossiya muzokaralar guruhi bilan o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga doir hal etilmagan masalalar bo‘yicha sezilarli ilgarilash qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.Uning ma’lum qilishicha, muzokaralar deyarli yakunlangan — barcha asosiy elementlar kelishilgan, faqat bir necha texnik masalalar yakuniy tekshiruv va tasdiqni talab qilmoqda.Unga ko‘ra, O‘zbekiston dekabrda Jenevada bo‘lib o‘tadigan JST Bosh kengashi yig‘ilishida Rossiya bilan yakuniy kelishuvga erishishni kutmoqda.Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati barcha ikki tomonlama muzokaralardan faqat bittasi — Xitoy Taybeyi (Tayvan) bilan bog‘liq jarayon qolganini ma’lum qildi.O‘runov bu hafta Vashingtonda o‘z jamoasi bilan bo‘lib, AQShdagi hamkorlar bilan ikki tomonlama munosabatlar va JST masalalari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotganini ham qo‘shimcha qildi.O‘zbekiston 1994-yil iyun oyida Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuvda kuzatuvchi maqomini olgan. 1998-yilda JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. 2020-yil iyul oyida muzokaralar jarayoni qayta tiklangan. 2022-yil iyundan e’tiboran O‘zbekiston JST a’zolari bilan tashkilotga kirish shartlari bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Hozirga qadar 32 ta davlat bilan kelishuvlar yakunlangan. O‘zbekiston hukumati JSTga 2026-yil bahorida a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251123/imf-inflyatsiya-iqtisod-muhokama-53684011.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/19/53723313_0:0:800:600_1920x0_80_0_0_6f65d46e7e7f8948aa2b1e044c6326bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston jst, jahon savdo tashkiloti, jst muzokaralari, azizbek o‘runov, maksim reshetnikov, jeneva yig‘ilishi, ikki tomonlama muzokaralar, tayvan bilan muzokaralar, savdo liberallashuvi, tashqi savdo, jstga a’zo bo‘lish jarayoni, o‘zbekiston tashqi iqtisodiyot
o‘zbekiston jst, jahon savdo tashkiloti, jst muzokaralari, azizbek o‘runov, maksim reshetnikov, jeneva yig‘ilishi, ikki tomonlama muzokaralar, tayvan bilan muzokaralar, savdo liberallashuvi, tashqi savdo, jstga a’zo bo‘lish jarayoni, o‘zbekiston tashqi iqtisodiyot
O‘zbekistonning JST bo‘yicha navbatdagi qadami: Rossiya bilan muzokaralar yakunlanmoqda
O‘zbekiston hukumati JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Rossiya bilan qolgan masalalarni dekabrda kelishib, Jenevadagi Bosh kengash yig‘ilishida yakuniy kelishuvni taqdim etishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Moskvada Rossiya muzokaralar guruhi bilan o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga doir hal etilmagan masalalar bo‘yicha sezilarli ilgarilash qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining JST bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida
xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, muzokaralar deyarli yakunlangan — barcha asosiy elementlar kelishilgan, faqat bir necha texnik masalalar yakuniy tekshiruv va tasdiqni talab qilmoqda.
Urunov Rossiya tomoniga alohida minnatdorlik bildirib, iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamda Rossiya muzokaralar jamoasining aniq pozitsiyasi va konstruktiv yordamini e’tirof etdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston dekabrda Jenevada bo‘lib o‘tadigan JST Bosh kengashi yig‘ilishida Rossiya bilan yakuniy kelishuvga erishishni kutmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston hukumati barcha ikki tomonlama muzokaralardan faqat bittasi — Xitoy Taybeyi (Tayvan) bilan bog‘liq jarayon qolganini ma’lum qildi.
O‘runov bu hafta Vashingtonda o‘z jamoasi bilan bo‘lib, AQShdagi hamkorlar bilan ikki tomonlama munosabatlar va JST masalalari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotganini ham qo‘shimcha qildi.
O‘zbekiston 1994-yil iyun oyida Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuvda kuzatuvchi maqomini olgan. 1998-yilda JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. 2020-yil iyul oyida muzokaralar jarayoni qayta tiklangan. 2022-yil iyundan e’tiboran O‘zbekiston JST a’zolari bilan tashkilotga kirish shartlari bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Hozirga qadar 32 ta davlat bilan kelishuvlar yakunlangan. O‘zbekiston hukumati JSTga 2026-yil bahorida a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda.