https://oz.sputniknews.uz/20251125/urgut-samarkand-loyihalar-ozgarishlar-53740147.html
Prezident Urgut va Samarqanddagi yangi loyihalar va o‘zgarishlarni e’lon qildi
Prezident Urgut va Samarqanddagi yangi loyihalar va o‘zgarishlarni e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Urgutda eko-shahar, temir yo‘l, logistika markazlari va turizm zonalari barpo etiladi. Samarqandda yangi massivlar, ko‘p qavatli uylar va yirik infratuzilma loyihalari amalga oshiriladi.
2025-11-25T18:26+0500
2025-11-25T18:26+0500
2025-11-25T18:43+0500
o‘zbekiston
jamiyat
iqtisod
urgut
eksport
turizm
qishloq xo‘jaligi
samarqand
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/19/53739973_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_1c5516f87aabad902c15f3eb7047ee46.jpg
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari viloyat iqtisodiyotidagi o‘sishlarni qayd etdi: YaHM 2016-yildagi 23 trillion so‘mdan bu yil 120 trillionga yetgan.Bugun Urgutda yana bir voqea – 55 km temir yo‘l liniyasi ishga tushirilib, elektrlashtirish kelasi yili yakunlanadi. “Quyi Kamangaron”ga tutash 90 gektarda 100 ming aholiga mo‘ljallangan eko-shahar barpo etiladi. Loyihalar uchun 50 mln dollar ajratilib, 3 gektarda yagona ma’muriy markaz quriladi.Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qo‘shilib, aholi 604 mingdan 882 minggacha ko‘paydi. Shaharda 700 dan ortiq ko‘p qavatli uylar quriladi, “Qoradaryo” ko‘prigi yil oxirigacha ishga tushadi, yo‘llar bo‘ylab 4 ta logistika markazi tashkil etiladi.Prezident Urgutda kambag‘allik va ishsizlikni kelasi yili 2 foizga tushirish vazifasini qo‘ydi. EIZda adirda joylashgan 287 gektar yerni qulay maydonlarga almashtirish topshirildi, bu investorlarga 560 mln dollarlik 80 loyihani amalga oshirish imkonini beradi.Tashqi bozorlarga chiqishda sustkashlik tanqid qilindi. Afg‘onistonda Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi, Iroq va Suriyada savdo maslahatchilari faoliyat boshlaydi. Samarqandda “O‘zbekiston–Iroq” biznes forumi o‘tkaziladi.Urgutga 500 ming xorijiy va 1 mln mahalliy sayyoh kelgan. “Qortog‘” va “Qoratepa”da turizm zonalari barpo etiladi, turistik-rekreatsion zona direksiyasi tuzilib, 50 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.Urgut tajribasi asosida 245 mln dollarlik loyihalar orqali 8 tumanda 15 ming ish o‘rni yaratiladi. Kelasi yili 600 mln dollarlik turizm loyihalari boshlab, 35 ming aholi band qilinadi.Urgut mahallalari infratuzilmasiga kelasi yili 260 mlrd so‘m ajratiladi. 2026-yilda viloyatda savdo va servis orqali 40 ming ish o‘rni yaratilishi qayd etildi.40 ming bosh qo‘y-echki loyihasini moliyalashtirish topshirildi. Viloyatdagi 688 ming gektar yaylovdan samarali foydalanish uchun bo‘sh yerlar qiymatining 1% miqdorida auksionga chiqariladi. OTBning 63 mln dollari hisobidan 200 ming gektar yaylovda ozuqabop ekinlar ekish loyihasi boshlanadi.Keyingi yil kamida 30 ming gektarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish zarurligi qayd etildi. Viloyatda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Suv solig‘i tushumi to‘liq tuman suv korxonalari ixtiyoriga o‘tkazilib, faqat ariq va kanallarni betonlashga sarflanadi. Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari mas’ullarning hisobotlari va rejalarini tingladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250731/yangi-loyihalar-ish-orinlari-samarqand-viloyati-50958703.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/19/53739973_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_c3d8133315d122a1f92b798876250462.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident shavkat mirziyoyev, urgut tumani, samarqand viloyati, yangi o‘zbekiston, urgut erkin iqtisodiy zonasi, samarqand shahri, oqdaryo tumani, payariq tumani, toyloq tumani, pastdarg‘om tumani, quyi kamangaron, navoiyshoh ko‘chasi, o‘zbekiston iqtisodiyoti, infratuzilma loyihalari, eko-shahar, logistika markazi, turizm zonasi, ish o‘rinlari, investorlar, islom taraqqiyot banki
prezident shavkat mirziyoyev, urgut tumani, samarqand viloyati, yangi o‘zbekiston, urgut erkin iqtisodiy zonasi, samarqand shahri, oqdaryo tumani, payariq tumani, toyloq tumani, pastdarg‘om tumani, quyi kamangaron, navoiyshoh ko‘chasi, o‘zbekiston iqtisodiyoti, infratuzilma loyihalari, eko-shahar, logistika markazi, turizm zonasi, ish o‘rinlari, investorlar, islom taraqqiyot banki
Prezident Urgut va Samarqanddagi yangi loyihalar va o‘zgarishlarni e’lon qildi
18:26 25.11.2025 (yangilandi: 18:43 25.11.2025) Prezident Mirziyoyev Urgut va Samarqandda navbatdan tashqari sessiyada iqtisodiy o‘sish, infratuzilmaviy loyihalar va yangi shahar qurilishi bo‘yicha muhim qarorlarni e’lon qildi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi
bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari viloyat iqtisodiyotidagi o‘sishlarni qayd etdi: YaHM 2016-yildagi 23 trillion so‘mdan bu yil 120 trillionga yetgan.
Bugun Urgutda yana bir voqea – 55 km temir yo‘l liniyasi ishga tushirilib, elektrlashtirish kelasi yili yakunlanadi. “Quyi Kamangaron”ga tutash 90 gektarda 100 ming aholiga mo‘ljallangan eko-shahar barpo etiladi. Loyihalar uchun 50 mln dollar ajratilib, 3 gektarda yagona ma’muriy markaz quriladi.
Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qo‘shilib, aholi 604 mingdan 882 minggacha ko‘paydi. Shaharda 700 dan ortiq ko‘p qavatli uylar quriladi, “Qoradaryo” ko‘prigi yil oxirigacha ishga tushadi, yo‘llar bo‘ylab 4 ta logistika markazi tashkil etiladi.
Sessiyada Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Prezident Urgutda kambag‘allik va ishsizlikni kelasi yili 2 foizga tushirish vazifasini qo‘ydi. EIZda adirda joylashgan 287 gektar yerni qulay maydonlarga almashtirish topshirildi, bu investorlarga 560 mln dollarlik 80 loyihani amalga oshirish imkonini beradi.
Tashqi bozorlarga chiqishda sustkashlik tanqid qilindi. Afg‘onistonda Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi, Iroq va Suriyada savdo maslahatchilari faoliyat boshlaydi. Samarqandda “O‘zbekiston–Iroq” biznes forumi o‘tkaziladi.
Viloyatda kelasi yili 70 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 25 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Urgutga 500 ming xorijiy va 1 mln mahalliy sayyoh kelgan. “Qortog‘” va “Qoratepa”da turizm zonalari barpo etiladi, turistik-rekreatsion zona direksiyasi tuzilib, 50 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Urgut tajribasi asosida 245 mln dollarlik loyihalar orqali 8 tumanda 15 ming ish o‘rni yaratiladi. Kelasi yili 600 mln dollarlik turizm loyihalari boshlab, 35 ming aholi band qilinadi.
Urgut mahallalari infratuzilmasiga kelasi yili 260 mlrd so‘m ajratiladi. 2026-yilda viloyatda savdo va servis orqali 40 ming ish o‘rni yaratilishi qayd etildi.
Urgutda 500 gektar tog‘-oldi va yaylovlarda sanoatlashgan uzumzorlar tashkil etilib, aholiga 10 gektardan taqsimlanadi. Ishtixon tumanida ham 2 ming gektarda bunday uzumzorlar barpo etiladi. Sug‘orish uchun 50 ta artizan qudug‘i qazilib, quyosh panellari o‘rnatishga 30 milliard so‘m ajratiladi.
40 ming bosh qo‘y-echki loyihasini moliyalashtirish topshirildi. Viloyatdagi 688 ming gektar yaylovdan samarali foydalanish uchun bo‘sh yerlar qiymatining 1% miqdorida auksionga chiqariladi. OTBning 63 mln dollari hisobidan 200 ming gektar yaylovda ozuqabop ekinlar ekish loyihasi boshlanadi.
Keyingi yil kamida 30 ming gektarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish zarurligi qayd etildi. Viloyatda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Suv solig‘i tushumi to‘liq tuman suv korxonalari ixtiyoriga o‘tkazilib, faqat ariq va kanallarni betonlashga sarflanadi. Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari mas’ullarning hisobotlari va rejalarini tingladi.