https://oz.sputniknews.uz/20250731/yangi-loyihalar-ish-orinlari-samarqand-viloyati-50958703.html
Yangi loyihalar, ish o‘rinlari: Samarqand viloyatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Yangi loyihalar, ish o‘rinlari: Samarqand viloyatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi sakkiz yilda viloyatda 1 ming 132 ta ko‘p qavatli uy qurilib, 56 ming oilaning turmush sharoiti yaxshilangan. Maktabgacha ta’lim qamrovi 21 foizdan 73 foizga, oliy ta’limda 10 foizdan 45 foizga yetgan. To‘qimachilik, metallurgiya, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, turizm sohalari jadal rivojlanmoqda.Kambag‘allik darajasi 6,9 foizga tushgan, yil oxirigacha 150 ming kishini ish bilan ta’minlash va 90 ming fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.So‘nggi sakkiz yilda viloyatda sanoat hajmi 1,7 barobarga o‘sib, 45 trillion so‘mdan oshgan bo‘lsa-da, uning 60 foizi Jomboy, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qo‘shrabot, Payariq va Nurobod tumanlarida sanoat yaxshi rivojlanmagan.
2025-07-31T10:59+0500
2025-07-31T10:59+0500
2025-07-31T11:37+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
samarqand viloyati
yangi ish o‘rinlari
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/1c/50885790_0:0:3640:2048_1920x0_80_0_0_ba1dc09e86adb8ddbe84ce36ebdb8ed5.jpg
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Samarqand viloyatidagi islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.So‘nggi sakkiz yilda viloyatda 1 ming 132 ta ko‘p qavatli uy qurilib, 56 ming oilaning turmush sharoiti yaxshilangan. Maktabgacha ta’lim qamrovi 21 foizdan 73 foizga, oliy ta’limda 10 foizdan 45 foizga yetgan. To‘qimachilik, metallurgiya, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, turizm sohalari jadal rivojlanmoqda.Kambag‘allik darajasi 6,9 foizga tushgan, yil oxirigacha 150 ming kishini ish bilan ta’minlash va 90 ming fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.So‘nggi sakkiz yilda viloyatda sanoat hajmi 1,7 barobarga o‘sib, 45 trillion so‘mdan oshgan bo‘lsa-da, uning 60 foizi Jomboy, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qo‘shrabot, Payariq va Nurobod tumanlarida sanoat yaxshi rivojlanmagan.Prezident bu loyihalarni jadallashtirib, butun viloyatda investitsiya va eksport faolligi bir maromda o‘sishiga erishish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250728/samarqand-shahri-yosh-50877128.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/1c/50885790_455:0:3186:2048_1920x0_80_0_0_344952eee261fdfaab8039c188fff172.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi loyihalar ish o‘rinlari samarqand viloyati
yangi loyihalar ish o‘rinlari samarqand viloyati
Yangi loyihalar, ish o‘rinlari: Samarqand viloyatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
10:59 31.07.2025 (yangilandi: 11:37 31.07.2025) Samarqand viloyatida 1,2 milliard dollarlik investitsiya loyihalari shakllantirildi. Ular hisobiga 12 mingta ish o‘rni yaratiladi.
TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Samarqand viloyatidagi islohotlar natijadorligi va yangi rejalar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. So‘nggi sakkiz yilda viloyatda 1 ming 132 ta ko‘p qavatli uy qurilib, 56 ming oilaning turmush sharoiti yaxshilangan. Maktabgacha ta’lim qamrovi 21 foizdan 73 foizga, oliy ta’limda 10 foizdan 45 foizga yetgan. To‘qimachilik, metallurgiya, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, turizm sohalari jadal rivojlanmoqda.
Kambag‘allik darajasi 6,9 foizga tushgan, yil oxirigacha 150 ming kishini ish bilan ta’minlash va 90 ming fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.
So‘nggi sakkiz yilda viloyatda sanoat hajmi 1,7 barobarga o‘sib, 45 trillion so‘mdan oshgan bo‘lsa-da, uning 60 foizi Jomboy, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qo‘shrabot, Payariq va Nurobod tumanlarida sanoat yaxshi rivojlanmagan.
Umuman, viloyatda 12 ming ish o‘rni va 82 million dollarlik eksport imkoniyatini ochib berishi mumkin bo‘lgan umumiy qiymati 1 milliard 200 million dollarlik 14 ta yangi loyiha shakllantirilgan. Xususan, Nurobod tumanida 115 gektar maydonda 1 ming 200ta ish o‘rni yaratish imkonini beradigan 472 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etish taklif etilmoqda, Qo‘shrabot tumanida granit qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 40 million dollarlik loyiha boshlanadi, Bulung‘ur tumanida qiymati 100 million dollar bo‘lgan biofarmatsevtika korxonasi barpo etiladi.
Prezident bu loyihalarni jadallashtirib, butun viloyatda investitsiya va eksport faolligi bir maromda o‘sishiga erishish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.