https://oz.sputniknews.uz/20251108/narkojinoyatlar-uchun-20-yil-ozodlikdan-mahrum-qilish-53317222.html
Narkojinoyatlar uchun 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi
Narkojinoyatlar uchun 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi
Sputnik O‘zbekiston
Aholi salomatligi va millat genofondini narkojinoyatlardan himoya qilish bo‘yicha prezident yangi farmoni qabul qilindi. 08.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-08T10:39+0500
2025-11-08T10:39+0500
2025-11-09T14:08+0500
narkotik
narkotik moddalar
narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38672551_0:420:720:825_1920x0_80_0_0_1d2fd0f9ee8bab605d3f5b45de9dce9e.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekistonda narkotik moddalar bilan bog‘liq uyushgan jinoyatchilik uchun 20-yilgacha jazo belgilanadi. Bu haqda bugun e’lon qilingan prezident farmonida aytib o‘tilgan. Farmonga ko‘ra, IIV 2025-yil oxirigacha “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishi belgilangan. Undan tashqari Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi tasdiqlanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuziladi.Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshida mas’ul vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh shtabi tashkil etiladi. Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar Internet tarmog‘idagi narkodo‘konlarni hamda giyohvandlik vositalarini tarqatish holatlarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida aniqlash va bloklashga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qilish choralarini ko‘radi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38672551_0:352:720:892_1920x0_80_0_0_52b54bcce48c35842190df4b68a83f73.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
narkotik, narkotik moddalar, narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
narkotik, narkotik moddalar, narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
Narkojinoyatlar uchun 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi
10:39 08.11.2025 (yangilandi: 14:08 09.11.2025) Aholi salomatligi va millat genofondini narkojinoyatlardan himoya qilish bo‘yicha prezident yangi farmoni qabul qilindi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekistonda narkotik moddalar bilan bog‘liq uyushgan jinoyatchilik uchun 20-yilgacha jazo belgilanadi. Bu haqda bugun e’lon qilingan prezident
farmonida aytib o‘tilgan.
Farmonga ko‘ra, IIV 2025-yil oxirigacha “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishi belgilangan.
Yangi qonunda narkojinoyatlarning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, quyidagi qilmishlar uchun yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashni nazarda tutuvchi jinoiy javobgarlikni kiritiladi.
Undan tashqari Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan kompleks amaliy harakatlar milliy dasturi tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida faoliyat ko‘rsatuvchi Respublika idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuziladi.
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshida mas’ul vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh shtabi tashkil etiladi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va boshqa idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar Internet tarmog‘idagi narkodo‘konlarni hamda giyohvandlik vositalarini tarqatish holatlarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida aniqlash va bloklashga mo‘ljallangan dasturlarni ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qilish choralarini ko‘radi.