https://oz.sputniknews.uz/20250822/sud-tizim-takomillashtirish-51411352.html
Sud tizimi takomillashtiriladi - tafsilotlar
Sud tizimi takomillashtiriladi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Sud tizimida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi, nizosiz ishlar ma’muriy organlarga o‘tkaziladi, sudyalikka tayinlash... 22.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-22T10:34+0500
2025-08-22T10:34+0500
2025-08-22T10:34+0500
jamiyat
prezident
shavkat mirziyoyev
sudya
oliy sud
islohotlar
taklif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/16/51408680_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_047e257d7d27dbcc26ec1d370d544a5b.jpg
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sud tizimini takomillashtirish va odil sudlov masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.Taqdimotda sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, odil sudlov sohasini raqamlashtirish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi ishlab chiqildi va uni izchil amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.Tahlillar fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ko‘riladigan ishlarning katta qismi nizosiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu bois bunday ishlar ma’muriy organlar vakolatiga o‘tkazilishi taklif etilmoqda.Shu orqali fuqarolar va yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, istalgan hududda xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Sud tizimi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtirish maqsadida Sudyalar oliy maktabi isloh etilishi va uning negizida Odil sudlov akademiyasini tashkil etish taklif qilindi.Davlat rahbari bildirilgan takliflarni ma’qullab, tegishli farmonlarni imzoladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250228/sud-raqamlashtirish-48162143.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/16/51408680_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6d64920fed9246971ef710b9c99eaa38.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, shavkat mirziyoyev, sudya, oliy sud, islohotlar, taklif
jamiyat, prezident, shavkat mirziyoyev, sudya, oliy sud, islohotlar, taklif
Sud tizimi takomillashtiriladi - tafsilotlar
Sud tizimida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi, nizosiz ishlar ma’muriy organlarga o‘tkaziladi, sudyalikka tayinlash muddatlarini qayta ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sud tizimini takomillashtirish va odil sudlov masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Taqdimotda sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, odil sudlov sohasini raqamlashtirish maqsadida “Raqamli sud” konsepsiyasi ishlab chiqildi va uni izchil amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Tahlillar fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ko‘riladigan ishlarning katta qismi nizosiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu bois bunday ishlar ma’muriy organlar vakolatiga o‘tkazilishi taklif etilmoqda.
Shuningdek, ma’muriy va iqtisodiy sud ishlarini eksterritorial tarzda ko‘rish tartibini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
Shu orqali fuqarolar va yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, istalgan hududda xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sudyalikka tayinlash muddatlarini qayta ko‘rib chiqish ham nazarda tutilmoqda. Barcha yo‘nalishdagi sudlar bo‘yicha mintaqaviy taftish sudlarini tashkil etish va viloyat hamda unga tenglashtirilgan sudlardagi taftish instansiyalarini tugatish taklif qilindi. Buning natijasida viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda faqatgina apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari faoliyat olib borib, taftish instansiyasi beshta mintaqaviy sudda jamlanadi.
Sud tizimi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan takomillashtirish maqsadida Sudyalar oliy maktabi isloh etilishi va uning negizida Odil sudlov akademiyasini tashkil etish taklif qilindi.
Davlat rahbari bildirilgan takliflarni ma’qullab, tegishli farmonlarni imzoladi.