Guliston, G‘ijduvon va Bo‘kada hokimlar almashdi — tafsilotlar

© Xokimiyat goroda GulistanaV Gulistane, Gijduvane i Buke smenilis xokimi.
V Gulistane, Gijduvane i Buke smenilis xokimi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Obuna bo‘lish
Guliston shahri, G‘ijduvon va Bo‘ka tumanida navbatdan tashqari sessiyalar o‘tkazilib, ushbu hududlarga yangi hokimlar tasdiqlandi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Guliston shahri, G‘ijduvon va Bo‘ka tumanlarida Kengashlarning navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tib, ushbu hududlarga yangi hokimlar tayinlandi.
Sirdaryo viloyati Guliston shahri hokimi lavozimiga ungacha Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan Farrux O‘ktamjonov tayinlandi. Ungacha shahar hokimi vazifasini Jamoliddin Xodjimanov bajarib kelgan.
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumani hokimi lavozimiga, bungacha “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelgan Farhod Umarov tasdiqlandi. Tuman hokimi lavozimini avval Sherzod Ashurov egallab kelgan.
Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga esa ayni paytgacha Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Sardor Isoqulov tayinlandi. Bungacha tumanga Baxtiyor Begmatov rahbarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-noyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar sarhisobi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ayrim tuman hokimlari tanqid qilingan, Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlarini lavozimdan ozod etish, shuningdek, yana 20 ta tuman hokimiga nisbatan o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar ko‘rish belgilab qo‘yilgan edi.
Sovetnik prezidenta Uzbekistana Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2025
O‘zbekistonda yangi tayinlovlar: Soliq qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0