1 dekabrgacha zararli tashlamalarni kamaytirmagan korxonalar vaqtincha yopilishi mumkin

© Sputnik / Sergey PatakovChorniy dim zavoda
Chorniy dim zavoda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
Obuna bo‘lish
Ekologik talablarni bajarmagan korxonalarga ma’muriy choralar qo‘llanilishi mumkin.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. O‘zbekistonda sanoat korxonalariga 1-dekabrgacha atmosferaga chiqariladigan zararli tashlamalarni 2 baravarga kamaytirish topshirildi. Bu haqda Ekologiya va Iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirish maqsadida I toifa korxonalari 2026-yil 1-yanvargacha, II toifa korxonalari esa 1-iyulgacha quyidagilarni amalga oshirishi shart:
zararli tashlamalarni nazorat qiluvchi avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatish va ekologiya organlari bilan integratsiya qilish;
samarali chang-gaz tozalash uskunalari hamda suv tozalash inshootlarini o‘rnatish yoki modernizatsiya qilish;
sanitar himoya zonalarini avtomatik kuzatuv postlari bilan jihozlash.

Ta’kidlanishicha, ushbu majburiyatni bajarmagan va 1-dekabrga qadar tashlamalarni 2 baravar kamaytirmagan korxonalar faoliyati “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonunga asosan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi qarori bilan 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatiladi yoki belgilangan tartibda tugatiladi.

Shuningdek, ekologik talablarni bajarmagan korxonalarga ma’muriy choralar qo‘llanilishi, havo ifloslanishiga sabab bo‘lgan hollarda esa Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi ogohlantirildi.
V Tashkente prezentovali slujebnie avtomobili dlya ekopolitsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2025
Ekologiya sohasida tub islohotlar: Milliy qo‘mita, Ekopolitsiya va 1,5 trln so‘mlik jamg‘arma
Yangiliklar lentasi
0