Ekologiya sohasida tub islohotlar: Milliy qo‘mita, Ekopolitsiya va 1,5 trln so‘mlik jamg‘arma

© Press-slujba Gosudarstvennogo komiteta Uzbekistana po ekologii i oxrane okrujayushey srediV Tashkente prezentovali slujebnie avtomobili dlya ekopolitsii
V Tashkente prezentovali slujebnie avtomobili dlya ekopolitsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2025
Obuna bo‘lish
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Milliy qo‘mitasi tashkil etildi. Yangi qarorga ko‘ra, Ekopolitsiya tuziladi, monitoring kuchaytiriladi va sohani moliyalashtirishga maxsus ekologik jamg‘arma shakllantiriladi.
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining “Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Hujjatga ko‘ra, mamlakatda ekologiya sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshiriladi.
1. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Milliy qo‘mita tashkil etildi
Prezidentga bevosita hisobdor bo‘ladi, uning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvi taqiqlanadi.
Ilgarigi Ekologiya vazirligi vakolatlari to‘liq qo‘mitaga o‘tkazildi.
Ekopolitsiya tuziladi: xizmat formasi, bodi-kamera, elektroshoker va rezina o‘qli qurol bilan ta’minlanadi hamda xizmat qurolidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Hududiy bo‘linmalar mahalliy hokimiyat organlaridan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi.
2. Ekologik monitoring kuchaytiriladi
Sanitar xavfli korxonalar 2026-yil 1-martga qadar o‘z hududlarida monitoring stansiyalari o‘rnatishi shart.
Stansiya o‘rnatmaganlarga — kompensatsiya to‘lovlari 5 baravarga oshiriladi.
“Ekologik monitoring milliy markazi” tashkil etildi.
3. Yagona ekologik onlayn platforma 2026-yil 1-sentabrga qadar ishga tushadi
Barcha ruxsatnomalar, hisobotlar, monitoring va nazorat elektron formatga o‘tkaziladi.
4. Ekologiya sohasidagi imtiyozlar bekor qilinadi
2026 yil 1-martdan tabiatga zarar uchun kompensatsiyalardan ozod qilishga oid barcha imtiyozlar bekor qilinadi.
qonunchilik rioya etmasdan daraxt va butalarni kesish va ko‘chirishni nazarda tutuvchi Hukumatning qaror, hokimiyat organlarining hujjatlarini qabul qilish taqiqlanadi.
5. Fuqarolar daraxtli hududlarni muhofaza qila oladi
2026 yil 1-apreldan mahalla aholisining 10% roziligi bo‘lsa, daraxtli yer maydonini olib qo‘yish taqiqlanadi.
Taqiq Ekologiya qo‘mitasi tomonidan rasman ro‘yxatga olinadi.
6. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi
Ularni kengaytirish yoki tugatish — faqat Oliy Majlis qarori bilan amalga oshiriladi.
Umumdavlat tabiiy hududlar Ekologiya qo‘mitasiga bo‘ysunadi.
Mahalliy tabiat bog‘lari — mahalliy hokimiyat tomonidan boshqariladi.
Har bir viloyat 2026-yil 1-noyabrgacha kamida 2 tadan yangi tabiat bog‘i tashkil etishi lozim.
7. Ekologiya sohasini moliyalashtirish uchun Ekologiya qo‘mitasi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil etildi.
— Daromad manbalari:
2025–2026 yillarda budjetdan 1,5 trillion so‘mga yaqin mablag‘;
2026 yildan — karbon birliklari savdosidan 20%, chiqindi va ifloslanish uchun to‘lovlar, jarimalar;
Import utilizatsiya yig‘imining bir qismi;
2027 yildan — ayrim utilizatsiya yig‘imlari 100%.
8. “Yashil tashabbuslar”ga soliq yengilliklari beriladi
Korxonalarning “Yashil xayriya jamg‘armasi”ga yo‘naltirilgan mablag‘lari foyda solig‘idan ozod qilinadi.
“Soliq” ilovasida fuqarolar xarajatlarining bir qismini daraxt ekishga yo‘naltirish imkoni yaratiladi.
V Tashkente provedeni ekologicheskie reydi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2025
Ekologik reydlar: Toshkentda atmosferaga zarar yetkazayotgan xo‘jaliklar vaqtincha yopildi
Yangiliklar lentasi
0