Ukraina Tramp tinchlik rejasining asosiy moddalariga rozilik bildirdi — AQSh ma’muriyati
10:55 24.11.2025 (yangilandi: 11:03 24.11.2025)

© Getty Images / Andrew Harnik
Obuna bo‘lish
Jenevada Ukraina va AQSh delegatsiyalari tinchlik rejasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Kiyev loyihani milliy manfaatlariga mos deb baholadi.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Jenevada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukraina delegatsiyasi tinchlik rejasi loyihasi Kiyevning milliy manfaatlariga mos kelishini tasdiqladi. Bu haqda AQSh ma’muriyatining rasmiy bayonotida qayd etildi.
Bayonotga ko‘ra, Ukraina vakillari Amerika tomoni tomonidan taqdim etilgan aniqliklar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda loyihani qabul qilish mumkin, deb hisoblamoqda. AQSh ma’muriyati uchrashuvni samarali deb atadi va uni oldinga tashlangan muhim qadam sifatida baholadi.
Ta’kidlanishicha, Kiyev uchun muhim bo‘lgan barcha masalalar, jumladan, xavfsizlik kafolatlari “batafsil ko‘rib chiqilgan”. Tomonlar kelajakdagi har qanday kelishuv Ukraina suverenitetini to‘liq ta’minlashi va adolatli, barqaror tinchlikka olib kelishi kerakligini bildirdi.
Jenevadagi uchrashuv yakunlarida maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishildi. AQSh avvalroq tinchlik tashabbusi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan, biroq hujjat matni xorijiy OAVda paydo bo‘lganidan so‘ng taxminlar yana ko‘paygan edi.
"Axios" nashriga ko‘ra, Vashington Rossiya bilan 28 ta banddan iborat, to‘rt yo‘nalishga bo‘lingan yangi tinchlik rejasi bo‘yicha “maxfiy maslahatlashuvlar” o‘tkazmoqda. Bu yo‘nalishlar tinchlik, Ukrainaga kafolatlar, Yevropadagi xavfsizlik va AQSh bilan kelajakdagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Bugungi Jeneva muzokaralarida Yevropa davlatlari, AQSh va Ukraina vakillari Amerika tomonining takliflari bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini muhokama qildi. Britaniya, Fransiya va Germaniya tomonidan taklif etilgan hujjatda NATO Ukrainada qo‘shin joylashtirmasligi haqida band bor, ammo unga “tinchlik davrida” degan izoh qo‘shilgan.
Yevropa tashabbusi UQK shaxsiy tarkibini tinchlik davrida 800 ming, Amerika varianti esa 600 ming kishi bilan cheklashni nazarda tutadi.
Amerika taklifiga ko‘ra:
— NATOga qo‘shilmaslik to‘g‘risidagi qoidani Ukraina konstitutsiyasiga kiritish;
— Ukraina infratuzilmasini tiklashda Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini foydalanish;
— Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish va uni "Katta sakkizlik"ka taklif qilish orqali jahon iqtisodiyotiga qayta integratsiya qilish;
— Rossiyaning Ukraina va Yevropa mamlakatlariga hujum qilmaslik siyosatini qonuniy mustahkamlash;
— Ukraina yadrosiz maqomini YaQSh doirasida belgilash;
— Zaporojye AESni MAGATE nazorati ostida, energiyani Rossiya va Ukraina o‘rtasida teng taqsimlagan holda qayta ishga tushirish;
— Kiyevdan diniy va milliy ozchiliklar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha YeI talablarini qabul qilish talab etiladi.
— Ukraina infratuzilmasini tiklashda Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini foydalanish;
— Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish va uni "Katta sakkizlik"ka taklif qilish orqali jahon iqtisodiyotiga qayta integratsiya qilish;
— Rossiyaning Ukraina va Yevropa mamlakatlariga hujum qilmaslik siyosatini qonuniy mustahkamlash;
— Ukraina yadrosiz maqomini YaQSh doirasida belgilash;
— Zaporojye AESni MAGATE nazorati ostida, energiyani Rossiya va Ukraina o‘rtasida teng taqsimlagan holda qayta ishga tushirish;
— Kiyevdan diniy va milliy ozchiliklar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha YeI talablarini qabul qilish talab etiladi.
AQSh taklifi Ukrain pravoslav cherkovi Moskva patriarxatining rasmiy maqomini belgilash va rus tilini davlat tili sifatida e’tirof etishni ham o‘z ichiga olgani qayd etilgan.
Shu bilan birga, hujjat hududiy ayirboshlash bo‘yicha muzokaralar, Dnepr orqali tijorat maqsadlarida to‘siqsiz harakatni ta’minlash, harbiy asirlar va halok bo‘lganlarni “barchani hammaga” formulasi bo‘yicha almashtirishni ham nazarda tutadi.
Kelishuv imzolangandan so‘ng Ukrainada “eng qisqa muddatlarda” saylovlar o‘tkazilishi kerakligi ta’kidlangan. AQSh variantida bu muddat 100 kun etib belgilangan.
"Reuters"ning yozishicha, Vashington Vladimir Zelenskiyga rejani qabul qilish zarurligini bildirgan. Prezident Donald Tramp esa 27-noyabrni Kiyev ushbu shartlarni qabul qilishi uchun maqbul sana deb atagan.
Kreml Alyaskadagi Putin–Tramp muzokaralaridan keyin muloqotga ochiqligini bildirdi. Rossiya rahbari hujjat matni Moskvada borligini, ammo hali muhokama qilinmaganini aytdi va u kelajakdagi kelishuv uchun asos bo‘lishi mumkinligini rad etmadi.

