Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tramp Zelenskiy AQSh tinchlik takliflarini rad etsa, nima bo‘lishi mumkinligini aytdi

© Getty Images / Andrew HarnikPrezident SShA Donald Tramp i Vladimir Zelenskiy v Ovalnom kabinete Belogo doma
Prezident SShA Donald Tramp i Vladimir Zelenskiy v Ovalnom kabinete Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2025
Obuna bo‘lish
Tramp Zelenskiy AQSh taklifini qabul qilmasa, “yuragi yorilguncha kurashishda davom etishi mumkin”ligini aytdi.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Vladimir Zelenskiy AQShning tartibga solish rejasini qabul qilmasa, “mitti yuragi yorilguncha kurashishda davom etishi mumkin”, deb aytdi.
"U holda u (Zelenskiy — tahr.) kichkina yuragi yorilguncha kurashishda davom etishi mumkin", — dedi Tramp Oq uy oldida jurnalistlarning savoliga javoban.
Tramp, shuningdek, Vashington taklifini yakuniy deb hisoblamasligini ta’kidlab, agar o‘zi hokimiyatda bo‘lganida, mojaro umuman boshlanmas edi, deya qayd etdi.
Avvalroq AQSh ma’muriyati Ukraina bo‘yicha yangi tartibga solish rejasi ustida ishlayotganini bildirgan, biroq uning tafsilotlari hali muhokama uchun tayyor emasligi aytilgan edi.
Kreml esa Rossiya muzokaralarga ochiqligini saqlayotganini va Ankorijdagi muhokamalar platformasida qolishini ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-noyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida AQSh taklifi yakuniy tinchlik kelishuviga asos bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Uning aytishicha, matn hozircha Moskva bilan muhokama qilinmayotgani AQSh ma’muriyati Kiyev roziligini ololmayotgani bilan bog‘liq. Putinga ko‘ra, Ukraina va YeIdagi uning ittifoqchilari “strategik mag‘lubiyat” orzusidan voz kechmagan va jang maydonidagi haqiqiy vaziyat haqida xolis tasavvurga ega emas.

Putin, shuningdek, agar Kiyev Vashington takliflarini rad etsa, Ukraina va Yevropa “urush qo‘zg‘atuvchi kuchlar” frontning boshqa muhim yo‘nalishlarida ham Kupanskdagi vaziyat kabi takrorlanishini tushunishi kerakligini ta’kidladi.

Unga ko‘ra, bu Rossiya uchun maqbul, chunki maxsus harbiy operatsiya maqsadlariga harbiy yo‘l bilan erishish imkonini yaratadi. Biroq Rossiya tinchlik muzokaralariga ham tayyor va bu taklif etilayotgan rejaning barcha jihatlarini batafsil muhokama qilishni talab qiladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, qarorni Kiyev rejimi qabul qilishi kerak. Uning fikricha, Rossiya Qurolli kuchlari hujum harakatlari davom etganda Kiyevning manyovr imkoniyatlari qisqarib bormoqda, bu esa ularni muammoni tinch yo‘l bilan hal etishga majbur qiladi, davom ettirish esa Kiyev uchun “ma’nosiz va xavfli”.
Prezident Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp rejasi, Rossiya armiyasi zafarlari: Putin Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida nimalar dedi
Yangiliklar lentasi
0