Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOTB Qozog‘istonda islomiy moliyalashtirishga oid birinchi loyihasini boshladi

© Press-slujba YeABRYeABR zapustil perviy proyekt po islamskomu finansirovaniyu v Kazaxstane
YeABR zapustil perviy proyekt po islamskomu finansirovaniyu v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
Obuna bo‘lish
YeOTB Qozog‘istonning “Istkomtrans” kompaniyasi bilan murobaha orqali temir yo‘l tarkibini modernizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Qozog‘istonning eng yirik xususiy temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi operatorlaridan biri — “Istkomtrans” kompaniyasi bilan tovar murobaha shaklidagi bosh shartnomani imzoladi. Bu haqda YeOTB matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibini modernizatsiya qilish, vagonlarni kapital va joriy ta’mirlashni islomiy moliyalashtirish vositasi — murobaha orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Ishga tushirilgan tashabbus yuk tashish samaradorligini oshirishi, Qozog‘istonning logistika salohiyatini kuchaytirishi va mintaqaviy transport bog‘liqligini mustahkamlashi kutilmoqda.
YeOTB Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Ruslan Dalenov imzolangan kelishuvni quyidagicha izohladi.

“Loyiha Bank uchun muhim yutuq hisoblanadi. Bu bizning talab yuqori bo‘lgan moliyaviy vositalarni joriy etishga va faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirishga tayyorligimizni ko‘rsatadi. YeOTB bundan buyon ham mintaqaning iqtisodiy farovonligiga real hissa qo‘shadigan yangi ufqlarni ochish niyatida", - dedi u.

YeOTB birinchi marta mintaqa real sektorida islomiy moliyaviy instrumentni amalda joriy etdi. Bu islomiy moliyalashtirishni turli mamlakatlarda sinovdan o‘tkazish, Markaziy Osiyo transport tarmoqlariga investitsiyalarni diversifikatsiya qilish va mintaqaning xalqaro loyihalarga jalb etilishini kuchaytirish kabi imkoniyatlarni yaratadi.
YeOTB, Islom taraqqiyot banki instituti va London fond birjasi guruhi bilan birgalikda tayyorlagan tahliliy hisobotga ko‘ra, 2033-yilga borib Markaziy Osiyoda islomiy bank aktivlari 6,3 mlrd dollarga, sukuk qimmatli qog‘ozlari hajmi esa 5,6 mlrd dollarga yetadi.
Ma’lumot uchun, murobaha — belgilangan foyda marjasi bilan tovarni sotib olib, mijozga bo‘lib-bo‘lib sotishni ko‘zda tutuvchi islomiy moliyaviy instrument hisoblanadi.
Sotrudniki zavoda rabotayut v sexe sborki avtomobiley. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston sanoatining o‘sish salohiyati 15,4 mlrd dollarga teng — YeOTB
Yangiliklar lentasi
0