https://oz.sputniknews.uz/20251103/edb-uzbekistan-iqtisodiyot-salohiyat-tarmoqlar-53202733.html
O‘zbekiston sanoatining o‘sish salohiyati 15,4 mlrd dollarga teng — YeOTB
O‘zbekiston sanoatining o‘sish salohiyati 15,4 mlrd dollarga teng — YeOTB
Sputnik O‘zbekiston
YeTB hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yuqori qayta ishlash sanoati yiliga $15,4 mlrd salohiyatga ega. Eksport, import o‘rnini bosish va multiplikator ta’siri asosiy manbalar hisoblanadi.
2025-11-03T16:06+0500
2025-11-03T16:06+0500
2025-11-03T16:23+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
o‘zbekiston
iqtisod
eksport
import
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/12/45718197_0:56:1404:845_1920x0_80_0_0_1459c725e5e8386f19f3a1ce8c8e4927.jpg
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot bankining “Yevroosiyo mintaqasida yuqori qayta ishlash sanoatini rivojlantirish salohiyati” hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yuqori qayta ishlash sanoatining umumiy salohiyati yiliga 15,4 milliard dollarga yetmoqda.Bu salohiyat uchta asosiy yo‘nalishdan iborat:Eksport imkoniyatlari — 3,9 milliard dollar.O‘zbekistonda 108 ta tovar pozitsiyasida eksport salohiyati mavjud. Asosiy yo‘nalishlar qatori kimyo sanoati, farmatsevtika, avtomobilsozlik va oziq-ovqat tarmoqlari turadi. Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarga neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va avtomobil yig‘ishni misol qilish mumkin.Import o‘rnini bosish — 3,6 milliard dollar.Mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika va metallurgiya sohalarida 92 turdagi mahsulotni mahalliylashtirish orqali katta salohiyat mavjud. Masalan, kompressorlar, ekskavatorlar, to‘qimachilik uskunalari kabi texnik vositalarni mamlakat ichida ishlab chiqish iqtisodiy samara berishi mumkin.Multiplikator effekti — 7,9 milliard dollar.Yuqori qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishi natijasida turdosh tarmoqlarda ham talab oshadi. Bu, xususan, ichki bozorni rag‘batlantirish va qiyosiy ustunliklardan to‘liq foydalanish orqali amalga oshiriladi.Potensialni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun nimalar zarur?Yuqori qayta ishlash salohiyatini amalga oshirish uchun quyidagi qadamlar muhim ahamiyatga ega:Shuningdek, yana bir muhim omil — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozoriga faol chiqish, chunki ushbu mintaqada yuqori qayta ishlangan mahsulotlarning 81 foizi sotiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251017/eoii-va-ozbekiston-ortasidagi-savdo-tosiqlari-muhokama-qilindi-52777526.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/12/45718197_101:0:1301:900_1920x0_80_0_0_8484b1f7152239181133dec19e18713a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston sanoati, qayta ishlash sanoati, eksport salohiyati, import o‘rnini bosish, yevroosiyo taraqqiyot banki, yetb hisoboti, mashinasozlik o‘zbekiston, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kimyo sanoati
o‘zbekiston sanoati, qayta ishlash sanoati, eksport salohiyati, import o‘rnini bosish, yevroosiyo taraqqiyot banki, yetb hisoboti, mashinasozlik o‘zbekiston, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kimyo sanoati
O‘zbekiston sanoatining o‘sish salohiyati 15,4 mlrd dollarga teng — YeOTB
16:06 03.11.2025 (yangilandi: 16:23 03.11.2025) O‘zbekistonda qayta ishlash sanoatining o‘sish salohiyati asosan kimyo, farmatsevtika, mashinasozlik va oziq-ovqat hisobiga shakllanadi.
TOShKENT, 3 noya – Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot bankining “Yevroosiyo mintaqasida yuqori qayta ishlash sanoatini rivojlantirish salohiyati”
hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yuqori qayta ishlash sanoatining umumiy salohiyati yiliga 15,4 milliard dollarga yetmoqda.
Bu salohiyat uchta asosiy yo‘nalishdan iborat:
Eksport imkoniyatlari — 3,9 milliard dollar.
O‘zbekistonda 108 ta tovar pozitsiyasida eksport salohiyati mavjud. Asosiy yo‘nalishlar qatori kimyo sanoati, farmatsevtika, avtomobilsozlik va oziq-ovqat tarmoqlari turadi. Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarga neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va avtomobil yig‘ishni misol qilish mumkin.
Import o‘rnini bosish — 3,6 milliard dollar.
Mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika va metallurgiya sohalarida 92 turdagi mahsulotni mahalliylashtirish orqali katta salohiyat mavjud. Masalan, kompressorlar, ekskavatorlar, to‘qimachilik uskunalari kabi texnik vositalarni mamlakat ichida ishlab chiqish iqtisodiy samara berishi mumkin.
Multiplikator effekti — 7,9 milliard dollar.
Yuqori qayta ishlash tarmoqlari rivojlanishi natijasida turdosh tarmoqlarda ham talab oshadi. Bu, xususan, ichki bozorni rag‘batlantirish va qiyosiy ustunliklardan to‘liq foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Potensialni to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun nimalar zarur?
Yuqori qayta ishlash salohiyatini amalga oshirish uchun quyidagi qadamlar muhim ahamiyatga ega:
butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni kengaytirish;
mahalliy ta’minot zanjirlarini mustahkamlash;
ichki bozorda yuqori qiymatli mahsulotlarga talabni rag‘batlantirish.
Shuningdek, yana bir muhim omil — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozoriga faol chiqish, chunki ushbu mintaqada yuqori qayta ishlangan mahsulotlarning 81 foizi sotiladi.