Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya YeOII mehnat migrantlarining oyliklaridan olinadigan soliqni pasaytirdi

© Depositphotos / minervastockRaschet zarabotnoy plati. Arxivnoe foto
Raschet zarabotnoy plati. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi YeOII fuqarolari uchun 30 foizlik stavka o‘rniga rossiyaliklar kabi 13–22 foizlik progressiv soliq tartibini joriy etuvchi qonunni qabul qildi.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Rossiya Davlat dumasi mamlakatda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari fuqarolari uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘i stavkalarini rossiyaliklar uchun amal qiladigan meyorlarga tenglashtiruvchi qonunni qabul qildi.
Qonunga ko‘ra, endilikda Rossiya va YeOII davlatlari soliq rezidentlari bir xil tartibda soliq to‘laydi. Rossiyada mamlakat ichida jismoniy shaxslar daromad solig‘i progressiv shkala asosida 13 foizdan 22 foizgacha belgilangan.

Shu paytgacha Rossiya hududida ishlayotgan, soliq rezidenti bo‘lmagan xorijiy fuqarolarning mehnat daromadlariga 30 foiz stavka qo‘llanilar edi. Moliya vazirligi rahbari o‘rinbosari Aleksey Sazanovning aytishicha, aynan shu norma yuzasidan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi tomonidan e’tirozlar bildirilgan.

Yangi qonun qabul qilinishi bilan YeOII davlatlari fuqarolari uchun ushbu tartib bekor qilinadi va ular ham rossiyaliklar kabi 13–22 foizlik progressiv stavka asosida soliq to‘laydigan bo‘ladi. Bu qaroriga ko‘ra, Rossiya YeOII doirasidagi soliq munosabatlarini yagona qoidalar asosida tartibga solishni maqsad qilib qo‘ygan.
Testirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Rossiyada ishlash uchun patent rasmiylashtirish jarayonlari Toshkentda o‘tkazilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0