Rossiyada ishlash uchun patent rasmiylashtirish jarayonlari Toshkentda o‘tkazilishi mumkin

© Sputnik / Artem JitenevTestirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku
Testirovanie inostrannix grajdan po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2025
Obuna bo‘lish
Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Rossiyada ishlashni xohlovchi fuqarolar uchun Toshkentda tayyorgarlik markazi ochish taklifi bildirildi
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Toshkentda "MDH yagona mehnat bozorini barpo etish sharoitida migratsiya siyosatini takomillashtirish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhtatida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev O‘zbekiston hukumati Rossiya idoralariga ushbu davlatda ishlashni xohlovchi respublika aholisi uchun Toshkentda migratsiyadan oldingi tayyorgarlik markazini tashkil etishni taklif etganini qayd etdi.

"Biz o‘z tomonimizdan ushbu masalani - migratsiyaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘p tarmoqli markaz tashkil etishni bir necha bor taklif qilganmiz. Bu kovid davridagi shunday tajriba edi. Hozir biz bu masalalarni tashkil qila olamiz, barcha tuzilmalar tayyor", - dedi Musayev tadbirda so‘zga chiqib.

Ushbu markazda patent olish uchun zarur jarayonlarni o‘tkazish rejalashtirilgan: barmoq izlari olinadi, suratga tushiriladi va Rossiyaga kirish taqiqlari tekshiriladi.

"Bu ajoyib yechim bo‘ladi, bu yengillik va qulaylik bo‘ladi. Eng muhimi, biz u yerda nafaqat hujjatlarni rasmiylashtirish, balki oldindan tayyorgarlik ko‘rish masalalari bilan ham shug‘ullanamiz", - deya qo‘shimcha qildi Musayev.

Vidacha pervix patentov v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2025
Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent tizimi bekor qilinishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0