Bepul harbiy xizmat, kontrakt puli qoplanishi: ayrim yoshlarga imtiyozlar beriladi

© Sputnik / Sputnik / Baxrom XatamovSokrashenie bednosti
Sokrashenie bednosti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Obuna bo‘lish
2026 yil 1-fevraldan ayrim yoshlar uchun safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekistonda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga qator imtiyozlar beriladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan ularga quyidagi imtiyozlar beriladi:
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali:
avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash bo‘yicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun to‘lab beriladi;
kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
Ayni bir shaxs 1-yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2-marta foydalanishi mumkin.
Podpis dokumenta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi
Yangiliklar lentasi
0