“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi

© SputnikPodpis dokumenta, arxivnoe foto
Podpis dokumenta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Obuna bo‘lish
Eng yaxshi 1 000 nafar yoshlar har yili bir marta BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekistonda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Quyidagilar farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish;
“Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam o‘qib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish;
“Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni o‘zlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
ta’lim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish;
ta’lim jarayonida ijobiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishish;
volontorlik faoliyatini amalga oshirish;
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.
Farmonga ko‘ra, ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmaganda bosqichma-bosqich quyidagi choralar qo‘llanadi:
ijtimoiy shartnomaning bajarilmagan shartlarini 15 kun ichida bajarish to‘g‘risida ogohlantirish;
ijtimoiy yordam miqdorlarini 15 foizdan 30 foizgacha kamaytirish;
ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1 oydan 6 oygacha vaqtinchalik to‘xtatish;
ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1-yil va undan ortiq muddatga to‘xtatish.
Ijtimoiy shartnoma shartlarini muntazam ravishda kamida 6 oy davomida yuqori darajada bajargan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:
unga imtiyozli ravishda navbatdan tashqari ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;
eng yaxshi 1 000 nafar yoshlar har yili bir marta BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
yoshlarning tashabbuskorligi va faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan mukofotlarga tavsiya etiladi.
Osen v yaponskom sadu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2025
O‘zbekistonda yoshlar uchun “yashil tashabbuslar” jamg‘armasi tuzildi
Yangiliklar lentasi
0