https://oz.sputniknews.uz/20251121/mirziyoev-xitoy-tashqi-ishlar-vaziri-53658355.html
Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda O‘zbekiston yetakchisi navbatdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini qayd etdi. 21.11.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-11-21T16:51+0500
2025-11-21T16:51+0500
2025-11-21T16:51+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
van i
o‘zbekiston
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/15/53658584_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_ea04e874b5d0c2ff3739dd7f4724253d.jpg
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.Ma’lum qilinishicha, yuqori texnologiyalar, “yashil” va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kimyo va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekiston yetakchisi navbatdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitish zarurligini ta’kidladi.“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini faol amalga oshirish va uni boshqa transport yo‘laklari bilan bog‘lash muhimligi qayd etildi.Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va xavfsizlik masalalarida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘p tomonlama formatlarda yaqin siyosiy muloqot hamda hamkorlikni davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikka qarshi kurashish, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.Shu yilning noyabr oxirida O‘zbekistonda bo‘lajak Xitoy madaniyati kunlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga ishonch bildirildi.Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.O‘tgan yili O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 14 mlrd dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni qariyb 5 mingtani tashkil qilmoqda, yil boshidan buyon Xitoydan salkam 15 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Texnologik sheriklik loyihalarining portfeli 90 mlrd dollarga yaqinlashdi.Eslatamiz, Van I tashqi siyosat idoralari rahbarlari strategik muloqotining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan. U o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uchrashib, Strategik muloqot bayonnomasi va 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251121/ozbekiston-xitoy-hamkorlik-dasturi-53637240.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/15/53658584_47:0:1184:853_1920x0_80_0_0_57e275dd337bc964497c9beb6bece3cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, van i, o‘zbekiston, xitoy
siyosat, shavkat mirziyoyev, van i, o‘zbekiston, xitoy
Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Uchrashuvda O‘zbekiston yetakchisi navbatdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerakligini qayd etdi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar qildi. Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ma’lum qilinishicha, yuqori texnologiyalar, “yashil” va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kimyo va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston yetakchisi navbatdagi oliy darajadagi tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitish zarurligini ta’kidladi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasini faol amalga oshirish va uni boshqa transport yo‘laklari bilan bog‘lash muhimligi qayd etildi.
Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va xavfsizlik masalalarida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘p tomonlama formatlarda yaqin siyosiy muloqot hamda hamkorlikni davom ettirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikka qarshi kurashish, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish zarurligi ta’kidlandi.
Shu yilning noyabr oxirida O‘zbekistonda bo‘lajak Xitoy madaniyati kunlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga ishonch bildirildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
O‘tgan yili O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 14 mlrd dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni qariyb 5 mingtani tashkil qilmoqda, yil boshidan buyon Xitoydan salkam 15 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Texnologik sheriklik loyihalarining portfeli 90 mlrd dollarga yaqinlashdi.
Eslatamiz, Van I tashqi siyosat idoralari rahbarlari strategik muloqotining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan. U o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uchrashib, Strategik muloqot bayonnomasi va 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini
imzoladi.