O‘zbekiston va Xitoy 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzoladi

© SputnikMinistr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov i ministr inostrannix del KNR Van I podpisali protokol strategicheskogo dialoga i programmi sotrudnichestva na 2026–2027 godi
Ministr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov i ministr inostrannix del KNR Van I podpisali protokol strategicheskogo dialoga i programmi sotrudnichestva na 2026–2027 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ishtirokida Strategik muloqotning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
© SputnikMinistr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov i ministr inostrannix del KNR Van I
Ministr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov i ministr inostrannix del KNR Van I - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Ministr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov i ministr inostrannix del KNR Van I
Muzokaralarning markaziy mavzusi ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalari, shuningdek, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘ldi.
Tomonlar siyosiy muloqotni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishni ham muhokama qilishdi.
Van I Xitoy tomoni "Yangi O‘zbekiston" strategiyasi doirasida islohotlar yo‘nalishini qo‘llab quvvatlashga sodiqligini bildirib, O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlik hamda hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.
Mazkur uchrashuv yakunida tomonlar Strategik muloqot bayonnomasi va 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladi.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishKitayskaya storona virazila priverjennost podderjke kursa reform v ramkax Strategii "Noviy Uzbekistan"
Kitayskaya storona virazila priverjennost podderjke kursa reform v ramkax Strategii Noviy Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Kitayskaya storona virazila priverjennost podderjke kursa reform v ramkax Strategii "Noviy Uzbekistan"
Eslatib o‘tamiz, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 19−22 noyabr kunlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga kelishi va uch davlat tashqi ishlar vazirlari bilan alohida strategik muloqotlar o‘tkazishi ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0