Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi yana 13 medal qo‘lga kiritdi

© Press-slujba NOKDelegatsiya Uzbekistana zavoyevala yeshe 13 medaley na Igrax islamskoy solidarnosti
Delegatsiya Uzbekistana zavoyevala yeshe 13 medaley na Igrax islamskoy solidarnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchilar yunon-rum kurashi va yengil atletikada tengsiz ekanliklarini isbotlashdi.
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi VI Islom birdamligi o‘yinlarida navbatdagi kunida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Bu haqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallar:
• Alisher G‘aniyev (yunon-rum kurashi, -60 kg)
• Ibrohim Mahkamov (yengil atletika, uch hatlab sakrash)
• Amir Nagayev (yengil atletika, balandlikka sakrash)
• Nodir Norboyev (yengil atletika, o‘nkurash)
Kumush medallar:
• Yorqinbek Odilov (para yengil atletika, disk uloqtirish)
• Ilyas Molina (qilichbozlik, rapira)
• Sevara Rahimova (qilichbozlik, shpaga)
• Zahiriddin Shokirov (yengil atletika, o‘nkurash)
Bronza medallar:
• Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi, -67 kg)
• Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi, -77 kg)
• Radmir Semeneyev (qilichbozlik, rapira)
• Shahzoda Egamberdiyeva (qilichbozlik, shpaga)
• Zarinaxon Nosirjonova (yengil atletika, bosqon uloqtirish)
Bugun O‘zbekiston vakillari yengil atletika, para yengil atletika, sport kurashlari, qilichbozlik va gandbol bahslarida ishtirok etishadi.
Uzbekistan zavoyeval 13 medaley v Er-Riyade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
13 medal va taekvondoda birinchi o‘rin: O‘zbekistonning Riyoddagi natijalari
Yangiliklar lentasi
0