13 medal va taekvondoda birinchi o‘rin: O‘zbekistonning Riyoddagi natijalari

© Press-slujba NOKUzbekistan zavoyeval 13 medaley v Er-Riyade
Uzbekistan zavoyeval 13 medaley v Er-Riyade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kunini 13 ta medal bilan yakunladi.
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kunida 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallar:
— Barnoxon Sayfullayeva (yengil atletika, balandlikka sakrash)
— Diyorbek To‘xliboyev (taekvondo WT, -67 kg)
— Marat Mavlonov (taekvondo WT, +82 kg)
— Meyirxan Timurov (qilichbozlik, shpaga)
— Nargiza Qo‘chqorova (yengil atletika, nayza uloqtirish)
Kumush medallar:
— Suhrob Xodjayev (yengil atletika, bosqon uloqtirish)
— Sharifa Davronova (yengil atletika, uch hatlab sakrash)
— Javohir Nurmatov (qilichbozlik, shpaga)
— Gulistan Perdibayeva (qilichbozlik, sablya)
— Svetlana Osipova (taekvondo WT, +70 kg)
Bronza medallar:
— Valeriya Gorbatova (yengil atletika, balandlikka sakrash)
— Ayubxon Fayozov (yengil atletika, bosqon uloqtirish)
— Diyora Azizova (taekvondo WT, -63 kg)
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi VI Islom birdamligi o‘yinlarini 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan birinchi o‘rinda yakunlashdi.
Ozoda Sobirjonova zavoyevala zolotuyu medal po taekvondo na VI Igrax Islamskoy solidarnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2025
Riyod-2025: O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir oltin medalga ega bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0