https://oz.sputniknews.uz/20251119/ishsizlik-selektor-takliflar-53589029.html
Yangi loyihalar, ishsizlikni kamaytirish: prezident yangi vazifalarni belgilab berdi
Yangi loyihalar, ishsizlikni kamaytirish: prezident yangi vazifalarni belgilab berdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda 2026-yilda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, qurilish, servis, sanoat va qishloq xo‘jaligi orqali aholi daromadini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Kelasi yilda 450 trillion so‘m kredit, 140 ming xonadonli qurilish va minglab ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.
2025-11-19T18:41+0500
2025-11-19T18:41+0500
2025-11-19T18:41+0500
shavkat mirziyoyev
jamiyat
loyiha
qishloq xo‘jaligi
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
ishsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/13/53588835_0:86:1280:806_1920x0_80_0_0_18d31a9258c975b8ff9199b8caa98038.jpg
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida mahallalarda aholi daromadini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish choralari muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, joriy yilda ishsizlik 5,5 foizdan 4,9 foizga, kambag‘allik esa 8,9 foizdan 6 foizga tushishi kutilmoqda.Samarasiz faoliyat yuritgan Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari ishdan olinadi. Yashnobod, Buxoro, G‘ijduvon va yana qator tumanlar hokimlariga nisbatan chora ko‘rish topshirildi.Mahallalarga loyihalarni to‘g‘ri shakllantirish uchun bankirlar biriktirilgan bo‘lsa-da, ayrimlari arzon resurslarni samarasiz yo‘naltirgani tanqid qilindi. Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni 4,5 foizdan kamaytirish vazifa etib qo‘yildi. 2026-yil iqtisodiyotiga 450 trillion so‘m kredit ajratilib, 140 trillioni mahalliy loyihalarga yo‘naltiriladi.Birinchi yo‘nalish: Qurilish orqali bandlikKelgusi yilda 675 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Har bir hokim qurilish sohasi orqali kamida 20–25 ming ish o‘rni yaratishi mumkinligi aytildi.Ikkinchi yo‘nalish: Servis va turizmXizmatlar sohasi eng tez o‘suvchi yo‘nalish ekani ta’kidlandi. 150 ta mahallaga infratuzilma uchun 3–5 milliard so‘m ajratiladi. Mehmon uylari uchun 150 mln so‘mgacha kredit, chegara va anklavlardagi servis obyektlari uchun 1 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi. Yil yakunigacha 11 mingga yaqin xizmat obyekti ishga tushib, 27 ming kishi ishli bo‘ldi.Uchinchi yo‘nalish: Sanoat2026 yilda 52 mlrd dollarlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 22 mlrd dollarlik 3,5 ming loyiha amalga oshirilib, 130 ming ish o‘rni yaratiladi. 50 ta “mikrosanoat markazi” tashkil etiladi.To‘rtinchi yo‘nalish: Qishloq xo‘jaligi232 ming gektar yer ajratilib, 770 ming odam daromad manbai oldi. Lekin tajriba kamligi tufayli unumdorlik past. Shu bois “Tomorqa maktablari”ni barcha viloyatlarda tashkil qilish, ekinlarni marketing bilan bog‘lash uchun “Eksportchi kooperativlari” tuzish topshirildi.Beshinchi yo‘nalish: Ijtimoiy himoyaNogironligi bo‘lgan 40 ming kishini ish bilan ta’minlash maqsadida “Teng imkon – inklyuziv bandlik” dasturi joriy qilinadi. Bandlik jamg‘armasidan 30 mln so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. Kambag‘allikka qaytish xavfi bor oilalarga imtiyozlar saqlanadi.“Soya iqtisodiyoti”dan chiqarishKamida 250 ming xodimni legallashtirish vazifasi qo‘yildi. Yaqinda qabul qilingan farmonga ko‘ra, xususiy sektordagi xodimlarga ham kasallik va dekret puli davlat tomonidan to‘lanadi.Prezident aholiga barcha o‘zgarishlar ochiq-oshkora yetkazilishi va bu jarayonni nazorat qiladigan onlayn platforma yaratilishini topshirdi. Yakunda hududlar va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251002/kambagal-oila-imtiyoz-kredit-52407073.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/13/53588835_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_b26971a8520a72e5f12916f0c5fc32ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev, prezident yig‘ilishi, kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlik 2026, aholi daromadi, qurilish loyihalari, servis sohasi, sanoat rivoji, mikrosanoat markazlari, qishloq xo‘jaligi islohotlari, mahalla loyihalari, kreditlar, infratuzilma, 140 ming xonadon, 450 trillion so‘m, bandlikni oshirish, ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik.
mirziyoyev, prezident yig‘ilishi, kambag‘allikni qisqartirish, ishsizlik 2026, aholi daromadi, qurilish loyihalari, servis sohasi, sanoat rivoji, mikrosanoat markazlari, qishloq xo‘jaligi islohotlari, mahalla loyihalari, kreditlar, infratuzilma, 140 ming xonadon, 450 trillion so‘m, bandlikni oshirish, ijtimoiy himoya, inklyuziv bandlik.
Yangi loyihalar, ishsizlikni kamaytirish: prezident yangi vazifalarni belgilab berdi
Yig‘ilishda kambag‘allik va ishsizlikni kamaytirish, qurilish, servis, sanoat va qishloq xo‘jaligi orqali aholi daromadini oshirish bo‘yicha 2026-yilgi vazifalar belgilab berildi.
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida mahallalarda aholi daromadini oshirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish choralari
muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilda ishsizlik 5,5 foizdan 4,9 foizga, kambag‘allik esa 8,9 foizdan 6 foizga tushishi kutilmoqda.
Samarasiz faoliyat yuritgan Denov va Chiroqchi tumanlari hokimlari ishdan olinadi. Yashnobod, Buxoro, G‘ijduvon va yana qator tumanlar hokimlariga nisbatan chora ko‘rish topshirildi.
Mahallalarga loyihalarni to‘g‘ri shakllantirish uchun bankirlar biriktirilgan bo‘lsa-da, ayrimlari arzon resurslarni samarasiz yo‘naltirgani tanqid qilindi. Kelgusi yilda kambag‘allik va ishsizlikni 4,5 foizdan kamaytirish vazifa etib qo‘yildi. 2026-yil iqtisodiyotiga 450 trillion so‘m kredit ajratilib, 140 trillioni mahalliy loyihalarga yo‘naltiriladi.
Birinchi yo‘nalish: Qurilish orqali bandlik
Kelgusi yilda 675 trillion so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 140 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Har bir hokim qurilish sohasi orqali kamida 20–25 ming ish o‘rni yaratishi mumkinligi aytildi.
Ikkinchi yo‘nalish: Servis va turizm
Xizmatlar sohasi eng tez o‘suvchi yo‘nalish ekani ta’kidlandi. 150 ta mahallaga infratuzilma uchun 3–5 milliard so‘m ajratiladi. Mehmon uylari uchun 150 mln so‘mgacha kredit, chegara va anklavlardagi servis obyektlari uchun 1 trillion so‘m resurs yo‘naltiriladi. Yil yakunigacha 11 mingga yaqin xizmat obyekti ishga tushib, 27 ming kishi ishli bo‘ldi.
Uchinchi yo‘nalish: Sanoat
2026 yilda 52 mlrd dollarlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 22 mlrd dollarlik 3,5 ming loyiha amalga oshirilib, 130 ming ish o‘rni yaratiladi. 50 ta “mikrosanoat markazi” tashkil etiladi.
To‘rtinchi yo‘nalish: Qishloq xo‘jaligi
232 ming gektar yer ajratilib, 770 ming odam daromad manbai oldi. Lekin tajriba kamligi tufayli unumdorlik past. Shu bois “Tomorqa maktablari”ni barcha viloyatlarda tashkil qilish, ekinlarni marketing bilan bog‘lash uchun “Eksportchi kooperativlari” tuzish topshirildi.
Beshinchi yo‘nalish: Ijtimoiy himoya
Nogironligi bo‘lgan 40 ming kishini ish bilan ta’minlash maqsadida “Teng imkon – inklyuziv bandlik” dasturi joriy qilinadi. Bandlik jamg‘armasidan 30 mln so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. Kambag‘allikka qaytish xavfi bor oilalarga imtiyozlar saqlanadi.
“Soya iqtisodiyoti”dan chiqarish
Kamida 250 ming xodimni legallashtirish vazifasi qo‘yildi. Yaqinda qabul qilingan farmonga ko‘ra, xususiy sektordagi xodimlarga ham kasallik va dekret puli davlat tomonidan to‘lanadi.
Prezident aholiga barcha o‘zgarishlar ochiq-oshkora yetkazilishi va bu jarayonni nazorat qiladigan onlayn platforma yaratilishini topshirdi. Yakunda hududlar va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.