https://oz.sputniknews.uz/20251002/kambagal-oila-imtiyoz-kredit-52407073.html
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun 5-yilgacha imtiyozli kredit beriladi — yangi qonun
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun 5-yilgacha imtiyozli kredit beriladi — yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qaroriga ko‘ra, kambag‘al oilalar noutbuk va tadbirkorlik uchun asosiy vositalarni 5-yilgacha muddatli kredit asosida xarid qila oladi.
2025-10-02T16:01+0500
2025-10-02T16:01+0500
2025-10-02T16:01+0500
o‘zbekiston
tadbirkor
kredit
yangi qonun
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_399:23:3040:1508_1920x0_80_0_0_dffc5b59b8151aad883e0ff980f73eb3.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Hukumat qarori (612-son, 30.09.2025 y.) bilan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Nizom “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” tomonidan kambag‘al oilalarga quyidagi tovarlarni xarid qilish uchun kredit ajratish tartibini belgilaydi:Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” ko‘magi asosida platforma orqali taqdim etiladi. Arizalar skoring baholash natijalariga ko‘ra 1 ish kunida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan quyidagicha ajratiladi: - 15 mln so‘mgacha bo‘lgan 1 ta noutbuk sotib olish uchun 5-yilgacha muddatga 2-yil imtiyozli davr bilan; - tadbirkorlikni boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish uchun 5-yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan.
https://oz.sputniknews.uz/20250920/ehtiyojmand-oilalarga-qish-mavsumida-yordam-beriladi-52102794.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e273784e2c41d01d449f2294220121c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, hukumat qarori, kambag‘al oilalar reyestri, “kambag‘allikdan farovonlik sari”, imtiyozli kredit, noutbuk kredit, tadbirkorlik uchun kredit, uskuna sotib olish, xalq banki, mikrokreditbank, oilaviy tadbirkorlik, xalk bank, kambagal oila kredit
o‘zbekiston, hukumat qarori, kambag‘al oilalar reyestri, “kambag‘allikdan farovonlik sari”, imtiyozli kredit, noutbuk kredit, tadbirkorlik uchun kredit, uskuna sotib olish, xalq banki, mikrokreditbank, oilaviy tadbirkorlik, xalk bank, kambagal oila kredit
Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik uchun 5-yilgacha imtiyozli kredit beriladi — yangi qonun
Kambag‘al oilalarga ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalar hamda tadbirkorlik uchun kredit ajratish tartibi belgilab berildi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Hukumat qarori (612-son, 30.09.2025 y.) bilan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarga kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Nizom “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” tomonidan kambag‘al oilalarga quyidagi tovarlarni xarid qilish uchun kredit ajratish tartibini belgilaydi:
tadbirkorlikni boshlash uchun kichik ishlab chiqarish uskunalari; ️
ko‘chma do‘kon, motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalar.
Dastur doirasida kredit arizalari qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki, zarur hollarda, “mahalla yettiligi” ko‘magi asosida platforma orqali taqdim etiladi.
Arizalar skoring baholash natijalariga ko‘ra 1 ish kunida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.
Biriktirilgan rahbar arizani 5 ish kunida joyiga chiqqan holda o‘rganadi. O‘rganish natijasi bo‘yicha fotohisobot va kredit ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosani platformaga joylashtiradi.
Qarz oluvchilarga kreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi foiz stavkasida ustama haq to‘lash sharti bilan quyidagicha ajratiladi:
- 15 mln so‘mgacha bo‘lgan 1 ta noutbuk sotib olish uchun 5-yilgacha muddatga 2-yil imtiyozli davr bilan;
- tadbirkorlikni boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni sotib olish uchun 5-yilgacha muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan.