https://oz.sputniknews.uz/20251113/atmosfera-zarar-xojaliklar-yopilish-53439038.html
Ekologik reydlar: Toshkentda atmosferaga zarar yetkazayotgan xo‘jaliklar vaqtincha yopildi
Ekologik reydlar: Toshkentda atmosferaga zarar yetkazayotgan xo‘jaliklar vaqtincha yopildi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilgan ekologik tekshiruvlarda 4 869 ta obyekt o‘rganilib, qator korxonalarda qonun talablarining buzilgani aniqlandi. 58 issiqxonaga jarimalar qo‘llanildi, 106 xo‘jalikning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
2025-11-13T10:40+0500
2025-11-13T10:40+0500
2025-11-13T10:58+0500
o‘zbekiston
toshkent
toshkent viloyati
ekologiya
qoidabuzarlik
jarima
issiqxona
jamiyat
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53438434_0:240:1280:960_1920x0_80_0_0_654da7281fc72cf837b4a860550a03d8.png
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkent shahri va viloyatida ekologik nazorat tadbirlari davomida havoga zararli moddalar chiqarish bo‘yicha qonun talablarini buzgan 58 ta issiqxonaga ma’muriy jarima qo‘llanildi va 106 ta xo‘jalikning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.Nazorat tadbirlari Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar va viloyat hokimliklari tomonidan 300 nafardan ortiq mutaxassis ishtirokida amalga oshirildi.Tadbirlarda 4 869 ta obyekt o‘rganildi. Ular orasida 595 ta issiqxona xo‘jaligi, 2 265 ta ijtimoiy soha obyekti va 1 998 ta sanoat hamda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Shuningdek, 387 holat bo‘yicha ekologik talablarga rioya etish, plonka va avtoshinalarni yoqilg‘i sifatida ishlatmaslik haqida rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251110/yashil-makon-ohangaron-daraxt-53364175.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/0d/53438434_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_6fdef377cbc4ffe002932923f96db6f3.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, toshkent viloyati, ekologiya, ekologik nazorat, ekologik tekshiruv, issiqxona xo‘jaliklari, issiqxona, havo ifloslanishi, atmosfera havosi, zararli moddalar, chang, tutun, zaharli gazlar, ekologik qonunbuzilish, ekologik talablar, ma’muriy jarima, jarima, xo‘jalik faoliyati to‘xtatilishi, ekologik reyd, sanoat korxonalari, qurilish materiallari korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya vazirligi, ekologik chora-tadbirlar, nazorat tadbirlari, atmosfera muhofazasi, chiqindilar, yoqilg‘i sifatida plonka, avtoshina yoqish, ekologik xatlov, ishchi guruhlar, bosh prokuratura
toshkent, toshkent viloyati, ekologiya, ekologik nazorat, ekologik tekshiruv, issiqxona xo‘jaliklari, issiqxona, havo ifloslanishi, atmosfera havosi, zararli moddalar, chang, tutun, zaharli gazlar, ekologik qonunbuzilish, ekologik talablar, ma’muriy jarima, jarima, xo‘jalik faoliyati to‘xtatilishi, ekologik reyd, sanoat korxonalari, qurilish materiallari korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari, ekologik xavfsizlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya vazirligi, ekologik chora-tadbirlar, nazorat tadbirlari, atmosfera muhofazasi, chiqindilar, yoqilg‘i sifatida plonka, avtoshina yoqish, ekologik xatlov, ishchi guruhlar, bosh prokuratura
Ekologik reydlar: Toshkentda atmosferaga zarar yetkazayotgan xo‘jaliklar vaqtincha yopildi
10:40 13.11.2025 (yangilandi: 10:58 13.11.2025) O‘tkazilgan ekologik tekshiruvlarda aniqlangan qoidabuzarlarga choralar ko‘rildi: ayrim xo‘jaliklar vaqtincha yopildi, ma’muriy jarimalar qo‘llanildi va ogohlantirish xatlari yuborildi
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkent shahri va viloyatida ekologik nazorat tadbirlari davomida havoga zararli moddalar chiqarish bo‘yicha qonun talablarini buzgan 58 ta issiqxonaga ma’muriy jarima qo‘llanildi va 106 ta xo‘jalikning faoliyati
vaqtincha to‘xtatildi.
Nazorat tadbirlari Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura hamda Toshkent shahar va viloyat hokimliklari tomonidan 300 nafardan ortiq mutaxassis ishtirokida amalga oshirildi.
Ishchi guruhlar issiqxonalar, sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarining atmosferaga chiqarilayotgan tutun, chang va zaharli gazlarni kamaytirish bo‘yicha choralarini to‘liq xatlovdan o‘tkazdi.
Tadbirlarda 4 869 ta obyekt o‘rganildi. Ular orasida 595 ta issiqxona xo‘jaligi, 2 265 ta ijtimoiy soha obyekti va 1 998 ta sanoat hamda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Shuningdek, 387 holat bo‘yicha ekologik talablarga rioya etish, plonka va avtoshinalarni yoqilg‘i sifatida ishlatmaslik haqida rasmiy ogohlantirish xatlari yuborildi.