https://oz.sputniknews.uz/20250818/ozbekiston-afgoniston-energetika-sarmoya-51308010.html
O‘zbekiston Afg‘oniston energetikasiga 243 million dollar sarmoya kiritadi
O‘zbekiston Afg‘oniston energetikasiga 243 million dollar sarmoya kiritadi
Sputnik O‘zbekiston
Sarmoyalar asosan 4ta yirik loyihalarga yo‘naltirladi. Ularni amalga oshirish muddati — 18 oy. 18.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-18T12:31+0500
2025-08-18T12:31+0500
2025-08-18T12:31+0500
energetika vazirligi
loyiha
elektr energiyasi
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/12/51305205_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f70111b03e2e7d7f34b929ef9e62e292.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Kecha, 17-avgust kuni Afg‘oniston Hukumat axborot markazida Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) kompaniyasi va O‘zbekiston o‘rtasida to‘rtta elektr energetika loyihasi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Bu haqda Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirda Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari mullo Abdul G‘ani Barodar Oxund va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirok etdi. Asosiy loyihalar: O‘zbekiston tomonidan kiritiladigan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 243 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihalar 18 oyga mo‘ljallangan. Qurilish yakunlangach, Afg‘oniston O‘zbekistondan 800 megavattdan 1000 megavattgacha elektr energiyasi olishi mumkin bo‘ladi, bu esa Afg‘onistonning energiya xavfsizligini sezilarli darajada mustahkamlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250815/ozbekiston-tojikiston-51248846.html
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/12/51305205_0:0:1137:853_1920x0_80_0_0_7b7e43465ae848ca2176b5a956f96db0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
energetika vazirligi, loyiha, elektr energiyasi, surxondaryo
energetika vazirligi, loyiha, elektr energiyasi, surxondaryo
O‘zbekiston Afg‘oniston energetikasiga 243 million dollar sarmoya kiritadi
Sarmoyalar asosan 4ta yirik loyihalarga yo‘naltirladi. Ularni amalga oshirish muddati — 18 oy.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Kecha, 17-avgust kuni Afg‘oniston Hukumat axborot markazida Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) kompaniyasi va O‘zbekiston o‘rtasida to‘rtta elektr energetika loyihasi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Bu haqda Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbirda Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari mullo Abdul G‘ani Barodar Oxund va O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirok etdi.
Surxon-Dasht-Alvon elektr uzatish tarmog‘ini qurish, quvvati 1000 MVt, 500 kVli;
"Argandi" podstansiyasini kengaytirish, quvvati 800 MVA;
Kobul-Shayx Mesri elektr uzatish tarmog‘ini barpo etish, quvvati 800 MVt, 220 kV;
Nangarhor Shayx Mesri podstansiyasi, quvvati 126 MVA.
O‘zbekiston tomonidan kiritiladigan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 243 million AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihalar 18 oyga mo‘ljallangan.
Qurilish yakunlangach, Afg‘oniston O‘zbekistondan 800 megavattdan 1000 megavattgacha elektr energiyasi olishi mumkin bo‘ladi, bu esa Afg‘onistonning energiya xavfsizligini sezilarli darajada mustahkamlaydi.