https://oz.sputniknews.uz/20251118/sco-53558046.html
Moskvada ShHT mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Moskvada ShHT mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada ShHT hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tomonlar strategiya-2035, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va raqamli yo‘nalishlar bo‘yicha masalalarni muhokama qilmoqda.
2025-11-18T14:02+0500
2025-11-18T14:02+0500
2025-11-18T14:02+0500
o‘zbekiston
rossiya
yeoii
mixail mishustin
hamkorlik
siyosat
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1f/51641246_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2880917f05a17df88f3fce5ee42604a7.jpg
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Moskvada Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Kun tartibida ShHT doirasida turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga oid ustuvor masalalar muhokama qilinmoqda.Rossiya Vazirlar Mahkamasi ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat rahbarlari ShHTni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqadi.ShHT o‘nta a’zo davlatni birlashtiradi: Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston.Moskvadagi uchrashuvga muloqot bo‘yicha hamkor va kuzatuvchi davlatlar, shuningdek, manfaatdor davlatlar, qator xalqaro tashkilotlar va birlashmalar ijroiya organlarining yuqori darajadagi vakillari ham taklif etilgan. Ular orasida MDH, YeOII, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Osiyoda hamkorlik bo‘yicha muloqot kabi tuzilmalar ham bor
https://oz.sputniknews.uz/20251022/russia-eaeu-cis-brics-sco-eksport-52887162.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1f/51641246_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b346e819645edf7c770bfe62bb313149.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shht, shanxay hamkorlik tashkiloti, moskva yig‘ilishi, hukumat rahbarlari kengashi, strategiya-2035, rossiya raisligi, mixail mishustin, savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar, raqamli iqtisodiyot, “yashil” sanoat, sun’iy intellekt, innovatsiyalar, ta’lim, madaniyat, yoshlar almashinuvi, turizm, sog‘liqni saqlash, energetika, xalqaro hamkorlik, mdh, yeoii, cica, osiyo muloqoti, shxt, mdx
shht, shanxay hamkorlik tashkiloti, moskva yig‘ilishi, hukumat rahbarlari kengashi, strategiya-2035, rossiya raisligi, mixail mishustin, savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar, raqamli iqtisodiyot, “yashil” sanoat, sun’iy intellekt, innovatsiyalar, ta’lim, madaniyat, yoshlar almashinuvi, turizm, sog‘liqni saqlash, energetika, xalqaro hamkorlik, mdh, yeoii, cica, osiyo muloqoti, shxt, mdx
Moskvada ShHT mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Bu galgi yig‘ilish Rossiyaning 2024–2025 yillarda ShHTga raisligi doirasidagi yakuniy tadbir hisoblanadi. Yig‘ilishni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ochib berdi
TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Moskvada Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
Kun tartibida ShHT doirasida turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga oid ustuvor masalalar muhokama qilinmoqda.
Rossiya Vazirlar Mahkamasi ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat rahbarlari ShHTni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqadi.
Asosiy e’tibor raqamli iqtisodiyot, energetika, “yashil” sanoat, sun’iy intellekt, fan va innovatsiyalar, ta’lim, madaniyat, turizm, sog‘liqni saqlash, sport va yoshlar almashinuvi sohalaridagi hamkorlikka qaratilgan.
ShHT o‘nta a’zo davlatni birlashtiradi: Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston.
Moskvadagi uchrashuvga muloqot bo‘yicha hamkor va kuzatuvchi davlatlar, shuningdek, manfaatdor davlatlar, qator xalqaro tashkilotlar va birlashmalar ijroiya organlarining yuqori darajadagi vakillari ham taklif etilgan. Ular orasida MDH, YeOII, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash, Osiyoda hamkorlik bo‘yicha muloqot kabi tuzilmalar ham bor