Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Mishustin: Rossiya YeOII, MDH, BRIKS va ShHT bozorlariga eksportni kengaytirmoqda

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin provel zasedanie pravitelstva RF
Premyer-ministr RF M. Mishustin provel zasedanie pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya eksport siyosatida ustuvor yo‘nalishni boshqa istiqbolli bozorlarga, jumladan, YeOII mamlakatlariga qaratib, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda.
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Rossiya tashqi savdo va eksport siyosatini qayta yo‘naltirib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), MDH, BRIKS va ShHT kabi mamlakatlarning istiqbolli bozorlariga chiqishni kengaytirmoqda.
Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin "Sdelano v Rossii" xalqaro eksport forumining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

"So‘nggi to‘rt yilda ushbu yo‘nalishlarda eksport hajmi barqaror oshib bormoqda. Agar 2021-yilda u umumiy hajmda atigi 44 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda 85 foizdan oshdi. Joriy yilda ham bu tendensiya davom etmoqda", - dedi Mishustin.

Bosh vazir, shuningdek, Rossiyaning Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorligi izchil kengayib borayotganini ta’kidladi.
Avvalroq global chaqiriqlarni yengib o‘tish uchun YeOII yagona transport-logistika makonini shakllantirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq uchta ustuvor yo‘nalishga e’tibor qaratmoqda: tovarlarning to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash, transport tizimining samaradorligi va o‘zaro bog‘liqligini oshirish, transport xizmatlarining umumiy bozorini yaratish.
Predsedatel pravitelstva RF Mixail Mishustin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlari YaIM 4,4 foizga o‘sdi – Mishustin
Yangiliklar lentasi
0